Feysbuk ijtimoiy tarmoğidagi “Voditeli Taşkenta” guruhi xayrli işga qöl urmoqda. Ular, Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimovning qabrini ziyorat qiliş uçun Namangandan velosipedda yölga otlangan Husan otaga yangi velosiped sovğa qilişga ahd qildi. Nafaqaxör u bilan kelasi yilda Saudiya Arabistoniga hajga borişni rejalaştirmoqda.
Şu kunlarda, namanganlik 75 yoşli Husan otaning prezident qabrini ziyorat qiliş uçun Samarqandga velosipedda borayotganidan köpçilikning xabari bor. Husan otaning sözlariga köra, Karimov uning dösti bölgan. Albatta, uning bu safarida 60 yaşar qarindoşi hamroh bölayapti.
Ikki nafar nafaqaxörlarning harakatlarini kuzatib borgan «Voditeli Taşkenta» guruhi bobo uçun yangi velosipedga mablağ töplaş taklifi bilan çiqdi. Albatta, bu fikrga hamma birdek qöşilmadi, ammo köpçilik ozmi-köpmi öz hissasini qöşgani bois, bir kun içida 1 mln sömdan ortiq mablağ töplandi.
Töplangan mablağlarning bir qismi zardözi va oddiy çopon hamda döppi xarid qilişga sarflangan.

Bugun ertalab NUZ.UZ muxbiri va «Voditeli Taşkenta» guruhi a'zolari Husan otani Guliston – Samarqand trassasida uçratib, toşkentliklar nomidan hadyalarni topşirişgan.
“Köpçilik yöl-yölakay taom bilan siylaşdi, kimdir boşpana berdi, - deya hikoya qilgan Husan ota. - Hamma omad tilamoqda. Barçangizni Namanganga oşga taklif etaman”.
Uning sözlariga köra, nafaqaxör prezident Karimov bilan şaxsan taniş bölgan. 8 sentabr kuni ertalab u Jizzax ostonalarida edi. U, bugun yoki ertaga Samarqandda bölişi kerak. Yana şu narsa ham aniqki, Husan ota kelasi haftada Toşkentda mehmon böladi.
Guruh ma'murining sözlariga köra, Husan ota uçun pul yiğiş jarayon hali davom etmoqda. Kimning xohişi va imkoniyati bölsa, xayrli işga hissa qöşişi mumkin. Faollar töplangan mablağga Husan otaga yangi velosiped xarid qilişmoqçi.












