Özbekiston Turizm qömitasi tomonidan «Tabarruk ziyorat» sayyohlik platformasi işga tuşirildi.
Uzbektourism.uz portali ma’lumotiga köra, mazkur platformaga Özbekiston hududidagi 100 ga yaqin ziyoratgoh hamda qadamjolar haqidagi ma’lumotlar 7 ta tilga tarjima qilinib joylaştirib boriladi.
2023 yil 25-29 noyabr kunlari Buxoroda «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi» taşkil etildi. Turkiy davlatlar taşkilotiga a’zo hamda kuzatuvçi mamlakatlardan taşrif buyurgan tadbir iştirokçilari Buxoro şahrining qadimiy maskanlari – tarixiy obidalari bilan yaqindan tanişdi. Şuningdek, «Özbekiston islom sivilizatsiyasi markazi» ilmiy-amaliy konferensiyasi va «Buxoro viloyati turizm imkoniyatlarini rivojlantiriş» böyiça xalqaro ilmiy anjumani ötkazildi.
2023 yilda Özbekistonga 1,415 million nafar ziyoratçi taşrif buyurgan. Jumladan:
- Tojikistondan 428 ming;
- Qirğizistondan 335 ming;
- Qozoğistondan 283 ming;
- Rossiyadan 98 ming;
- Turkiyadan 45 ming 600;
- Hindistondan 11 ming 050;
- Xitoydan 8 ming 250;
- Isroildan 6 ming 400;
- Ozarboyjon va Malayziyadan 3 ming 500;
- Indoneziyadan 3 ming 290;
- Yaponiyadan 3 ming 280 nafar ziyoratçilar kelgan.









