Saudiya Arabistonining Özbekistondagi elçisi Yusuf al-Utaybiy “Dunyo”ga bergan intervyusida uşbu raqamli vizani bepul tarzda aviaçipta bilan birga beriş tartibi joriy qilinganini ta’kidladi. Bunday turdagi vizaning amal qiliş muddati 3 oy bölib, u Saudiya Arabistonida 4 kun yaşaş huquqini beradi.

Viza sohiblari podşohlik böylab harakatlanişi, mamlakatning diqqatga sazovor maskanlari, muqaddas qadamjolarida bölişi, sayyohlik sohasiga doir tadbirlarda iştirok etişi mumkin. Ular Umra amallarini bajarib, Payğambar (sallallohu alayhi va sallam) masjidini ziyorat qiliş imkoniyatiga ega böladi.

Diplomatiya missiyasi rahbari uşbu elektron vizani oliş jarayoni murakkab emasligi, uni bir neça daqiqada rasmiylaştiriş mumkinligini qayd etdi.

Mazkur vizani Saudiya Arabistonining Saudia Airlines va Flynas aviakompaniyalarining elektron portallari orqali aviaçiptalar xarid qiliş jarayonida viza talabnomasini elektron şaklda yuborib, Saudiya Arabistoni Taşqi işlar vazirligiga tegişli yagona platforma orqali oliş mumkin. Viza ziyoratçining elektron poçtasiga yuboriladi.