Xitoy politsiyasi şu yilning may oyidan beri internetdagi jinoyatlarga aloqador bölgan 3,4 ming kişini hibsga oldi, deya xabar qilmoqda XXR jamoat xavfsizligi vazirligi. 

Mamlakat huquqni muhofaza qiliş idoralari maxsus kampaniya doirasida internet tarmoğiga noqonuniy joylaştirilgan 122 ming e'lonni yöq qilgan. Turli resurslardagi 23 ming akkauntni bekor qilgan, 4207ta saytga sud orqali jazo qöllagan. 

Avvalroq, XXR jamoat xavfsizligi xizmati firibgarlar tomonidan telekommunikatsiya sohasida qöllaşi mumkin bölgan axborotlarni tarqatuvçi onlayn xizmatlarga qarşi qaratilgan maxsus amaliyot ötkazişni boşlagan edi. 

Qayd etilganidek, vazirlik fuqarolarning şaxsiy ma'lumotlari, xususan bank hisob raqamlarini sotuvçi, viruslar yordamida foydalanuvçilar ma'lumotlarni öğirlaydigan hamda soxta elektron sertifikatlar taqdim etuvçi xizmatlarni aniqlab, yöq qiliş bilan şuğullanadi.