Yevropa Çempionlar Ligasining 2016/2017 yilgi mavsum öyinlari start oldi.
«A» guruhi
«A» guruhida Fransiyaning «PSJ» jamoasi öz maydonida «Arsenal»ni qabul qildi. Guruhning ikkinçi uçraşuvi «Bazel» va «Ludogorets» örtasida keçdi.
Fransiyaning amaldagi çempioni bölmiş «PSJ» öyinning 1-daqiqasidayoq hisobni oçdi. Kavani 40-soniyada Ore uzatgan töpni boşi bilan darvozaga yölladi. Öyin davomida mezbonlar katta ustunlikka ega bölişdi, lekin parijliklar köplab imkoniyatlarni kökka sovurişdi va ğalabani saqlab qola olişmadi. «Arsenal» futbolçilari esa öyin yakunida öz imkoniyatlaridan unumli foydalanişdi. Aleksis Sançes 77-daqiqada urgan gol jamoaga safar öyinida mağlubiyatdan qutulib qolişga imkon berdi va «Arsenal» bir oçko bilan qaytadigan böldi.
Öyin yakunida ikki jamoaning ham bittadan futbolçisi çetlatildi. Jiru va Verratti keyingi öyinda jamoalariga yordam körsata olişmaydi.

«Bazel» va «Ludogorets» uçraşuvi ham durang bilan yakunlandi - 1:1.
PSJ (Fransiya) – Arsenal (Angliya) - 1:1
Gollar: Kavani (1) – Sançes (77)
PSJ – Areolya, Markinos, Maksvell, Ore (Mene, 84), Tiago Silva, Rabo (Motta, 74), Krixovyak (Pastore, 79), Di Mariya, Verratti, Matyuidi, Kavani.
Arsenal – Ospina, Mustafi, Monreal, Belerin, Koselni, Oksleyd-Çemberlen (Jiru, 63), Koklen (Djaka, 71), Ivobi, Ozil (El-Nenni, 85), Sançes, Kasorla.
Ogohlantirişlar: Verratti (8), Koklen (24).
Çetlatişlar: Jiru (90+4), Verratti (90+4).
Bazel (Şveytsariya) – Ludogorets (Bolgariya) - 1:1
Gollar: Şteffen (80) - Jonatan Kafu (45)
Bazel – Vatslik, Suxi, Traore, Lang, Alvares, Djaka, Dzuffi (Fransson, 70), Delgado (Kalla, 82), Byarnason, Şteffen, Yanko (Dumbiya, 40).
Ludogorets – Stoyanov, Palomino, Motsi, Minev, Natanael (Vitinya, 83), Vura, Andrianantenaina, Jonatan Kafu, Kristaldo (Plastun, 85), Marselino, Dyakov.
Ogohlantirişlar: Şteffen (65), Kristaldo (67), Natanael (77).
«V» guruhi
«V» guruhida Italiyaning «Napoli» jamoasi Kiyev şahri şarafini himoya qiluvçi «Dinamo» jamoasi mehmoni bölib, irodali ğalabaga erişdi.
«NSK Olimpiyskiy» stadionida keçgan uçraşuvda dastlab, 26-daqiqada mezbonlar vakili Denis Garmaş hisobni oçdi. 36-daqiqada esa «Napoli»ning yangi hujumçisi Arkadiuş Milik hisobni tenglaştirdi. Uning özi tanaffus arafasida, birinçi bölimga qöşib berilgan daqiqada hisobni 1:2 körinişiga keltirdi. Ikkinçi bölimda hisob özgarmadi va «Napoli» safardan ğalaba bilan qaytadigan böldi.

Guruhning ikkinçi juftligida «Benfika» bilan öynagan «Beşiktoş» sönggi daqiqada jarima zarbasidan urilgan gol evaziga mağlubiyatdan qutilib qoldi - 1:1.
Dinamo (Kiyev, Ukraina) – Napoli (Italiya) – 1:2
Gollar: Garmaş (26) – Milik (36, 45+2)
Dinamo Kiyev – Şovkovskiy, Vida, Antuneş, Makarenko, Xaçeridi, Garmaş, Rybalka (Korzun, 81), Tsygankov (Gusev, 73), Sidorçuk, Yarmolenko, Morayes (Gladkiy, 87).
Napoli – Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Gamşik (Zelinski, 62), Jorjino, Kalexon, Allan, Mertens (Insine, 73), Milik (Gabbyadini, 82).
Ogohlantirişlar: Sidorçuk (9), Garmaş (56), Milik (65).
Çetlatiş: Sidorçuk (68).
Benfika (Portugaliya) – Beşiktoş (Turkiya) - 1:1
Gollar: Servi (12) – Taliska (90+3)
Benfika – Ederson, Lopes, Grimaldo, Nelson Semedu, Lindelef, Pitstsi, Salvio, Gonsalu Gedeş, Feysa (Selis, 88), Servi (Samaris, 70), Orta.
Beşiktoş – Zengin, Toşiç, Marselo, Adriano (Tosun, 63), Erkin, Xatçinson, Inler, Oz'yakup (Taliska, 46), Kuarejma, Bek, Abubakar (Şaxan, 81).
Ogohlantirişlar: Samaris (78), Salvio (87), Erkin (87), Bek (88).
«S» guruhi
«Barselona» 13 sentabr kuni YeÇLning 1-turi doirasida Şotlandiyaning «Seltik» jamoasini qabul qildi.
Uçraşuvning 3-daqiqasidayoq Neymarning uzatmasidan keyin Lionel Messi hisobni oçişga muvaffaq böldi. Bu argentinalik futbolçining YeÇLdagi eng tezkor goliga aylandi. Keyinroq u yana 2ta gol urib, xet-trikni rasmiylaştirdi (27 va 60-daqiqalarda).
Şotlandiyaliklar 24-daqiqada hisobni tenglaştirişlari mumkin edi, ammo Mussa Dembelening penaltidan bergan zarbasini Ter Ştegen qaytarişga muvaffaq böldi. Tanaffusga qadar Messi urgan ikkinçi gol evaziga hisob 2:0 körinişiga keldi.
Ikkinçi bölimda "kök-anorranglilar" mehmonlar darvozasiga yana 5ta gol yölladi. Neymar 50-daqiqada jarima zarbasini golga aylantirdi, 59-daqiqada Inesta öz hisobiga bitta gol yozib qöydi, 67-daqiqada Messi uçinçi golini urdi. Jamoaning yana bir hujumçisi Luis Suares esa 75 va 88-daqiqalarda dublga erişdi. Yakuniy hisob — 7:0!

Barselona - Seltik - 7:0 (2:0)
Gollar: 1:0 – 3 Messi, 2:0 – 27 Messi, 3:0 – 50 Neymar, 4:0 – 59 Inesta, 5:0 – 60 Messi, 6:0 – 75 Suares, 7:0 – 88 Suares.
Amalga oşirilmagan penalti: Mussa Dembele (24, darvozabon)
Barselona – ter Ştegen, Umtiti, Pike, Alba, Serji Roberto, Rakitiç (Inesta, 46), Buskets (Rafinya, 61), Andre Gomeş, Neymar, Messi, Suares.
Seltik – de Vris, Svyatçenko (ÖKonnell, 68), Ture, Tirni, Gamboa, Braun, Biton (Makgregor, 76), Sinkleyr, Roberts (Armstrong, 68), Lyustig, Dembele.
Ogohlantirişlar: ter Ştegen (23), Rakitiç (40), Braun (56).
Uşbu guruhdagi «Mançester Siti» va «Borussiya» Myonxengladbax öyini kuçli yomğir tufayli ötkazilmay qoldi. Bu jamoalar öyini bugun ötkaziladi.
«D» guruhi
«D» guruhidagi uçraşuvlarda kutilganidek favoritlar ğalaba qozondi.
«Bavariya» öz maydonida musobaqa debyutanti «Rostov»ni yirik hisobda tor-mor etdi. Levandovski va Myuller bittadan gol urgan bölsa, yoş futbolçi Joşua Kimmix özining töpurarlik salohiyatini namoyiş etib, dublni rasmiylaştirdi. Öyindagi yakuniy hisob 90-daqiqada yana bir himoyaçi Bernat tomonidan örnatildi - 5:0.

«Atletiko» esa safarda PSV jamoasiga qarşi keçgan qiyin uçraşuvdan 3 oçko bilan qaytdi. Ğalaba goliga Saul mualliflik qildi 1:0.
Bavariya (Germaniya) – Rostov (Rossiya) - 5:0
Gollar: Levandovski (28 pen), Myuller (45), Kimmix (53,60), Bernat (90)
Bavariya – Noyyer, Xummels (Bernat, 51), Alaba, Rafinya, Martines, Kimmix, Vidal, Alkantara (Sanşeş, 71), Duglas Kosta (Riberi, 64), Myuller, Levandovski.
Rostov – Janayev, Navas, Granat, Terentev, Mevlya, Gatskan, Kalaçev, Noboa, Yeroxin, Poloz (Dumbiya, 46), Azmun (Prepelitse, 64).
PSV (Niderlandiya) – Atletiko (Ispaniya) - 0:1
Gol: Saul (43)
PSV – Zut, Şvaab (Pereyro, 80), Moreno, Izima-Miren, Guardado, Narsinx (Bergveyn, 80), Xendriks (Ramselar, 67), Brenet, Propper, Villems, de Yong.
Atletiko – Oblak, Ximenes, Filipe Luis, Xuanfran, Godin, Saul (Torres, 77), Gabi, Koke, Gaytan (Tiagu, 61), Grizmann, Gameyro (Ferreyra Karrasko, 65).
Ogohlantirişlar: Moreno (21), Gabi (30), de Yong (43), Ximenes (45).












