Suriyada öt oçişni töxtatiş rejimi kiritilgaç, şifoxonalar va maktablarga hujumlar röy bermagan va kun davomida tinç aholi vakillarining qurbon bölişi bilan boğliq holat qayd etilmagan. Bu haqda jurnalistlarga BMTning Suriya masalasi böyiça maxsus vakili yordamçisi Yan Egelann ma'lum qilgan.
"Yaxşi yangiliklar ham bor, bizning hududlardagi kişilarimiz harbiy harakatlar töxtatilganini tasdiqlaşmoqda. Qotilliklar sezilarli darajada kamaygan. Keyingi 24 soat davomida tinç aholi vakili halok bölişiga aloqador bironta holat sodir etilmagan. Maktablar va şifoxonalarga hujumlar töxtagan", degan u.
Egelanning qöşimça qilişiça, yomon xabarlar ham bor bölib, BMT va hamkorlar insonparvarlik yordamlari yetkazib beriş uçun "imkoniyatlar dariçasi"dan foydalana olmayapti.
U insonparvarlik yordamlari ortilgan yuk maşinalari ikki kundan buyon Suriya bilan çegarada kutib turgani va Damaşq ruxsat berişi bilanoq Suriyadagi şaharlarga yöl olişga tayyorligini aytib ötgan.
Öz navbatida BMTning Suriya masalasi böyiça maxsus vakili Staffan de Mistura Damaşq 6 sentabr kuniyoq bu borada ruxsat berişi kerak bölgani, ammo şu vaqtgaça "bu qoğoz yetib kelmagani" haqida bildirgan.
"Bizning hafsalamiz pir bölmoqdami? Albatta, biz juda qattiq xafamiz… Bugun majlisda ötirgan Rossiyaning Suriyadagi insonparvarlik masalalari böyiça katta guruhi vakillari ham xafa. Ruxsat berilgan maktub yetib kelmayapti. Biz tezroq harakatlanişimiz va Kastello yöliga maxsus maqom berilişiga erişişimiz kerak", — degan de Mistura.
U şu bilan birgalikda Turkiya öz hududi orqali Suriyaga insonparvarlik yordamlari yetkazib berilişida zarur barça şaroitlarni yaratib bergani haqida e'tirof etib ötgan.












