Xitoy mamlakat hududida ob-havoni keng miqyosda boşqarişni boşlaşni rejalaştirmoqda. Bu haqda South China Morning Post naşri xabar bermoqda.
Mutaxassislar Tibet toğligi ustida sun'iy bulutlarni yaratiş jarayonini işga tuşirişni taklif qilişmoqda. Bu yiliga 5 mlrd kub metrdan köproq suv yaratişga imkon beradi. Yomğirlar Xuanxe daryosi havzasini töldirişi kerak.
Xitoylik olimlar tomonidan ötkaziladigan bu loyiha böyiça işlarning texnik-iqtisodiy asoslanişini Tsinxay viloyati rahbariyati moliyalaştirmoqda. Viloyatning joriy beş yilligida ob-havoni boşqariş rejasi birinçi örinda turibdi.
"Atmosferadagi çegara qatlami va troposfera orasida suv buğini taşiş uçun barqaror, tartiblaşgan va "Osmon daryosi" deb nomlangan kanal mavjud", deb aytmoqda Tsinxay universiteti prezidenti Van Guantyan.
Suvni uşlab oliş uçun olimlar atmosferaga raketa va samolyotlar yordamida yetkaziladigan kimyoviy moddalarni qöllaşni taklif qilişmoqda. Ob-havo şaroitini tezkor kuzatiş uçun orbitaga maxsus yöldoş uçiriş taklif qilinmoqda.
Ob-havoni boşqarişni hamma olimlar ham ma'qullaşmayapti. Tsinxua universiteti (Pekin) iqlimşunosi, professori Lo Yunning ta'kidlaşiça, u biror marta "Osmon daryosi" mavjudligini eşitmagan. Qolgan mutaxassislar esa Guantyan bu atama ostida havodagi suv buğining tor oqimini nazarda tutişini aytişmoqda. Yun, şuningdek, insonning bunday katta kölamda ob-havoni boşqara olişga qodirligiga gumon bildirmoqda.
Xitoy markaziy qismining ğarbida joylaşgan Tsinzay viloyati Xitoyning eng qurğoqçil hududlaridan hisoblanadi. Hududda Yantszi, Xuanxe va Mekong kabi yirik daryolarning boşlari joylaşgan. Yerlarning qurib ketişiga qarşi kuraşiş maqsadida Xitoy ikki yil avval Yantszi daryosi suvlarini şimol tomonga yönaltirişni boşlagandi.












