AQŞ hukumati Germaniyaning Deutsche Bank bankiga nisbatan tergov ötkazmoqda. Bank rahbariyati 2008 yilgaça bölgan davrda qimmatbaho qoğozlar böyiça xatarlarni baholaşni pasaytirganlikda gumon qilinmoqda. AQŞ adliya vazirligi bankka uşbu işni 14 mlrd dollarga yopişni taklif qildi.
Deutsche Bank qimmatbaho qoğozlarni sotişda yöl qöygan qoidabuzarliklari 2008 yilgi inqirozni keltirib çiqarganlikda ayblanmoqda, çunki xatarli aksiyalar AQŞning Fannie Mae va Freddie Mac ipoteka kompaniyalari tomonidan sotib olingan.
Ikkala kompaniya ham AQŞ hukumati bilan boğlangan va inqiroz vaqtida katta ziyonlar körgan. Hozirda AQŞ hukumati vakillari va Deutsche Bank huquqşunoslari barça e'tirozlarni hal qiliş böyiça maslahatlaşuvlar ötkazmoqdalar.












