Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dayjyest: IIVda qator o‘zgarishlar, prezident saylovi nomzodlari, mahbuslarsiz Latviya, Ronalduning achchiq gaplari, Xiaomi smartfonining kamchiliklari
Yakunlanib borayotgan 17 sentabr O‘zbekiston va jahonda yuz bergan turli voqea-hodisalarning eng saralari Kun.uz dayjestida.
O‘zbekiston IIVda qator lavozim o‘zgarishlar

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida qator lavozim o‘zgarishlar yuz berdi.
>>> Batafsil.
«Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonun imzolandi

O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 16 sentabrda «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi.
>>> Batafsil.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovida ishtirok etadigan barcha nomzodlar

2016 yilning 4 dekabr sanasida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi uchun bo‘ladigan saylovda ishtirok etadigan nomzodlar nomi ma'lum bo‘ldi.
>>> Batafsil.
10 ming so‘mlik banknota

O‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasini abadiylashtirish masalasini keng muhokama etmoqda.
>>> Batafsil.
Yangi «Yakkasaroy» jome masjidi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 2014 yilning 27 avgust kuni Toshkent shahridagi “Yakkasaroy” jome masjidiga birinchi g‘ishtini qo‘yib bergan edi.
>>> Batafsil.
Ashxobodda ochilgan yangi aeroport

17 sentabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda 2 milliard dollardan ortiq mablag‘ sarflangan yangi aeroport ochildi.
>>> Batafsil.
Putin Qirg‘iziston prezidentini mukofotladi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi.
>>> Batafsil.
MDH davlat rahbarlari Islom Karimov xotirasini yodga olishdi

MDHning Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan yubiley sammitida hamdo‘stlikka a'zo mamlakatlar davlat rahbarlari O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasini yodga olishdi.
>>> Batafsil.
Mahbuslarsiz Latviya

Latviyaning LETA yangiliklar agentligi xabar qilishicha, kelasi 2017 yilning 1 yanvaridan Latviyaning Vetsumniyekskaya qamoqxonasi yopiladi.
>>> Batafsil.
Xiaomi smartfonlarining jiddiy kamchiligi

Xiaomi kompaniyasining smartfonlari nafaqat sifat va narx uyg‘unligi, balki MIUI operatsion tizimi bilan ham mashhur, biroq yaqinda unda jiddiy kamchilik aniqlandi.
>>> Batafsil.
Krishtianu Ronalduning tanqidchilariga javoblari

Futbol millionlar o‘yini - bu bor gap. Shunga ko‘ra, undagi o‘yinchilar, ayniqsa dunyoga mashhur o‘yinchilar atrofida turli xil mashmasha va mish-mishlar bo‘lishi shubhasiz. Bu holat, avval ham bo‘lgan, hozir ham davom etmoqda.
>>> Batafsil.
Rio Paralimpiyasining so‘nggi kunida O‘zbekiston vakillarining ishtiroki

Rio-de-Janeyroda o‘tkazilayotgan Paralimpiya bahslarining so‘nggi - 17 sentabr kungi bahslarida sportning to‘rt turi bo‘yicha o‘zbekistonlik olti nafar sportchi bahs olib boradi.
>>> Batafsil.
Mavzuga oid
14:41 / 30.04.2025
G‘azoda otishmalar ostida tarqatilayotgan taom, AQSh harbiy uchog‘ini qulatgan husiychilar va «kelajak shahri»ni tortolmayotgan Saudiya - kun dayjesti
15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti
13:05 / 28.04.2025
Eron portidagi dahshatli portlash, Kanadada fojiaga aylangan festival va Suvaysh kanaliga «ko‘z olaytirayotgan» Tramp - kun dayjesti
13:54 / 26.04.2025