Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirğiziston prezidenti Almazbek Atambayevni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan mukofotladi. 

Qirğiz davlati rahbari Atambayev 60 yoşga tölişi munosabati bilan "Rossiya va Qirğiziston örtasidagi keng qamrovli hamkorlikni özaro işonç va strategik hamkorlik ruhida rivojlantirişga qöşgan ulkan hissasi uçun" şunday mukofotga munosib körilgan. Putin ordenni hamkasbi bilan Bişkekda ötkazgan ikki tomonlama muzokaralari çoğida topşirgan. 

Putin ordenni topşirar ekan, Aleksandr Nevskiyning tarixdagi örnini alohida qayd etgan.

"Bu orden, birgalikda tariximizning eng yorqin sahifalarimizni yodda tutuvçi sizdek insonga bu mukofot eng munosibidir", — degan Putin.