Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligida qator lavozim özgarişlar yuz berdi. Bu haqda “Postda” gazetasi yozmoqda.

Ma'lumotga köra, polkovnik Saidkarim Nişonboyev Özbekiston IIV boşliği örinbosari, polkovnik Aytbay Temirxanov esa Qoraqalpoğiston içki işlar vaziri etib tayinlandi.

Bundan taşqari, Polkovnik Alişer Ergaşev Özbekiston IIV Huquqbuzarliklarning oldini oliş boş boşqarmasi boşliği, Nodir Qurbonov esa IIV Jinoyat qidiruv va terrorizmga qarşi kuraş boş boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari lavozimida iş yuritadigan böldi.

Farğona viloyati içki işlar organlarida ham lavozim özgarişlari amalga oşirildi. Jumladan, podpolkovnik Farrux Ösarov viloyat IIB Huquqbuzarliklarning oldini oliş boşqarmasi boşliği lavozimiga, podpolkovnik Rahmonali Musayev Farğona şahar içki işlar boşqarmasiga, podpolkovnik Azimjon Yuldaşev Qöqon şahar IIBga, podpolkovnik Qudratjon Örinboyev Quvasoy şahar içki işlar bölimiga, podpolkovnik Ziyohiddin Ğafurov Uçköprik tuman IIBga rahbar etib tayinlanişgan.

Podpolkovnik Otabek Saydahmedov Samarqand viloyat Qöşrabot tuman içki işlar bölimini boşqaradi.