Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 2014 yilning 27 avgust kuni Toşkent şahridagi “Yakkasaroy” jome masjidiga birinçi ğiştini qöyib bergan edi. Şu yilning 16 sentabr kuni esa uşbu masjidning yangi binosining oçilişiga taşrif buyurdilar.
Toşkent şahridagi qariyb 100 yillik tarixga ega “Yakkasaroy” jome masjidi örniga ming nafar namozxonga möljallagan katta jomei barpo etildi. 23 metrga böy çözgan gumbazli xonaqoh devorlari, mehrob öziga xos naqşlar bilan bezatilgan. Mohir xattotlar tomonidan mehrob usti va devoriga Qur'oni karim oyatlaridan hamda hadisi şariflarda vorid bölgan duolar muhrlangan. Xonaqoh yonida 150 kişiga möljallangan kiçik xonaqoh ham barpo etilgan. Bino gumbazining taşqari tomondan balandligi yuqorisidagi oy ramzi böyi bilan 28 metrga, minoraning balandligi esa 31.5 metrni taşkil etadi. Xonaqohga uçta şarqona uslubda kötarilgan arka orqali kiriladi.
Tahoratxona binosi ham şarqona uslubda bezatilgan bölib, bobolarimizning suv işlatiş borasidagi purhikmat baytlari yozilgan. Şuningdek, masjid hovlisida namoz saflari töğri olinişiga yordam beruvçi çiziqlar yotqizilgan.
Qur'oni karimda bunday deyiladi: “Allohning masjidlarini faqat Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan, namozni barkamol öqigan, zakot bergan va faqat Allohdangina qörqqan kişilar obod qilurlar. Aynan öşalar hidoyat topuvçilardan bölişlari mumkin” (Tavba, 18).
Demak, masjidlarni obod qiliş, ularni ta'mirlaş yuksak imon va mustahkam e'tiqod körinişidir. Şukrlar bölsinki, istiqlol yillarida bu kabi xayrli işlar köplab amalga oşirilmoqda. “Yakkasaroy” jome masjidi xalqimizga xos bölgan azaliy an'ana haşar yöli bilan qurib bitkazildi.
Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov bu xayrli işda kömakçi bölgan barça insonlarga öz minnatdorçilik bildirdilar. Şundan söng Muftiy hazratlari mav'iza qildi va juma namozini öqib berdi.
Muftiy hazratlari istiqlol yillarida qilingan buyuk işlar haqida sözlar ekan, talabalik yillaridagi şu masjid bilan boğliq ibratli voqealarni esga oldi. Xayr-saxovatning fazilati va Allohning baytiga xizmat qilişdek baxt nasib etganiga şukr bildirdi. Masjid qurilişida iştirok etgan barça haşarçilarga va şu kabi xayrli işlarda doimo boş-qoş bölgan Özbekistonning birinçi Prezidenti marhum Islom Karimov haqiga xayrli duolar qildi.





























