Xiaomi kompaniyasining smartfonlari nafaqat sifat va narx uyğunligi, balki MIUI operatsion tizimi bilan ham maşhur, biroq yaqinda unda jiddiy kamçilik aniqlandi.
MIUI öz vaqtida Android'ning oddiy boşqaruvi sifatida start olgan. U asta-sekinlik bilan yangi dasturlar, sozlamalar va funksiyalar bilan boyib, mustaqil operatsion tizimga aylangan.
MIUI'dagi köplab dasturlar orasida kompyuter xavfsizligi tadqiqotçisi Tays Brunink doimiy fonda işlovçi körimsiz AnalyticsCore.apk dasturiga e'tibor qaratdi. Uşbu ilova qayta-qayta öçirib taşlanganda ham smartfonda paydo bölaverganidan keyin tadqiqotçida şubha uyğotgan.
Bu faylning vazifasi haqida sörab murojaat qilinganda Xiaomi kompaniyasi sukut bilan javob qaytargan. Şunda Tays kodni oçib, buning tagiga yetişga qaror qildi va mazkur dasturning har 24 soatda işlab çiqaruvçi serveriga identifikatsion ma'lumotlar, şu jumladan, qurilma modeli, IMEI, MAC-manzil va köplab boşqa ma'lumotlarni jönatişini aniqladi. Bundan taşqari, dastur serverda yangi versiyaning mavjud yoki yöqligini tekşiradi va uning yöqligini aniqlasa, avtomatik tarzda versiyani yangilaşga kirişadi. Foydalanuvçi esa smartfonining "maxfiy hayoti"dan mutlaqo bexabar qolaveradi.
Eng yomon tomoni, AnalyticsCore.apk ilovasi yuklab olayotgan faylning asliga töğri ekanligini tekşirmaydi. Xakerlar ham xuddi şu kamçilikdan foydalanişlari mumkin, axir Xiaomi servisiga ulaniş himoyalanmagan protokol böyiça amalga oşiriladi, şu bois uni buzib kiriş qiyinçilik tuğdirmaydi.












