Latviyaning LETA yangiliklar agentligi xabar qilişiça, kelasi 2017 yilning 1 yanvaridan Latviyaning Vetsumniyekskaya qamoqxonasi yopiladi. Bunga, sönggi yillarda mahbuslarning soni keskin kamaygani sabab bölgan. 

Qayd etilişiça, mazkur axloq tuzatiş idorasi yopilgaç, unda saqlanayotgan jinoyatçilar oçiq turdagi Daugavgrivsk, Yekabpilssk va Olaynsk qamoqxonalariga ötkaziladi. 

Uning işçilari esa, Yelgav va Olaynada xizmatini davom ettirişlari mumkin. 

Statistik ma'lumotlarga köra, 2012 yil oxirida Latviya qamoqxonalarida 6117 nafar jinoyatçi bölgan bölsa, şu yilning sentabr oyiga kelib bu raqam — 4202 nafarni taşkil etgan. Vetsumniyekskaya qamoqxonasi 1981 yil davomida qurilib, foydalanişga topşirilgan.