AQŞ prezidentligi uçun Respublikaçilar partiyasidan nomzod Donald Trampning bayonot berişiça, mabodo saylovlarda ğalaba qozongudek bölsa, AQŞning hozirgi prezidenti Barak Obamaning Kuba bilan aloqalarni yaxşilaşga doir barça amalga oşirgan işlarini bekor qilişi ehtimol, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi.
«AQŞning bölğusi prezidenti mamlakatlar örtasidagi aloqalarni yaxşilaşni muzlatib qöya oladi. Va men, Kastro tuzumi şartlarimizni bajarmasa, şunday qilaman», — degan respublikaçi Mayamida qilgan çiqişida.
Agentlikning qayd etişiça, Tramp Kuba rahbariyatidan diniy erkinlikni tiklaş va siyosiy mahbuslarni ozod qilişni talab qilgan.












