AQŞ Demokratik partiyasining köpçilik tarafdorlari AQŞ prezidenti saylovlarida Xillari Klintonni agar uning soğliği talab qilsa Benni Sandersga almaştirişni aytişmoqda. Bu haqda Rasmussen Reports tahliliy markazi tomonidan ötkazilgan sörovnomaga iqtibos keltirgan holda The Washington Times naşri xabar bermoqda. 

Ekspertlar amerikalik demokratlarga agar Klinton bilan "kutilmagan holat" yuz bersa va u prezidentlik kursisi uçun kuraşdan voz keçsa, unda uning örnini kim egallaşi mumkinligi haqida savol berişgan.

Söralganlardan 48 foizi bunday vaziyat yuz bersa, Klintonning partiya içidagi raqibi Berni Sanders nomzodini afzal körişlarini aytişgan. Söralganlarning 22 foizi Klintonning AQŞ vitse-prezidenti Jo Bayden bilan, 14 foizi esa Virjiniya ştati senatori Tim Keyn bilan almaştirilişi istagini bildirişgan.

Oxirgi vaqtlarda AQŞ prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonning soğliğida muammolar kuzatilmoqda.