«Mançester Yunayted» klubi APLning 5-turi doirasida «Uotford»ga 1:3 hisobida yutqazib qöydi.
Bu klubning rasmiy öyinlarda qatorasiga uçinçi marta oçko ololmasligi böldi. Bundan oldingi 2 uçraşuv ham Joze Mourino şogirdlarining mağlubiyati bilan yakunlangandi. Ötgan haftaning şanba kunida «Mançester Siti»ga qarşi öyinda 1:2 hisobidagi mağlubiyat, joriy haftaning payşanba kunida esa Yevropa Ligasi guruh bosqiçida «Feyyenoord»ga qarşi öyinda 0:1 hisobidagi mağlubiyat qayd etilgandi.
Portugaliyalik mutaxassis esa sönggi 10 yil içida birinçi marta ketma-ket uç öyinda mağlubiyatli öyin ötkazdi.
2006 yilda «Çelsi» Mourino boşqaruvida premer-liganing dastlabki ikki turida yutqazgan, keyin Angliiya Superkubogi uçun bahsni «Liverpul»ga boy bergandi (1:2).
Manba: Tribuna.uz












