Himoyaçi Abduqodir Husanov «Mançester Siti»ning mart oyi yakunlari böyiça eng yaxşi futbolçisi deb topildi.

Özbekiston milliy jamoasining 22 yoşli futbolçisi muxlislar orasida ötkazilgan sörovnomada yarimhimoyaçi Rodri va vinger Jyeremi Dokuni ortda qoldirdi.

Husanov uçinçi marta şunday sovrinni qölga kiritmoqda - u 2025 yilning fevral va şu yilning yanvar oyida ham jamoaning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan edi.

Ötgan oyda Husanov barça turnirlarda 6 ta öyinda maydonga tuşdi, şundan 5 tasini asosiy tarkibda boşladi. Şuningdek, Husanov Angliya Liga Kubogida zafar quçdi. 22 mart kuni Abduqodir finalda «Arsenal»ga qarşi öyinda (2:0) töliq 90 daqiqa öynab, Angliyadagi ilk sovrinini qölga kiritdi.

Eslatib ötamiz, Abduqodir «şaharliklar» safiga 2025 yil yanvarida Fransiyaning «Lans» klubidan köçib ötgan va ayni paytda Pep Gvardiola jamoasining asosiy himoyaçilaridan biriga aylanib ulgurdi.