«Mançester Siti» klubining norvegiyalik hujumçisi Erling Holand Transfermarkt portali talqiniga köra dunyoning eng qimmat ikki futbolçisidan biriga aylandi.
Angliya premiyer-ligasi (APL) futbolçilari qiymati yangilanganidan söng, Holand narxiga 20 mln yevro qöşildi va uning transfer qiymati 200 mln yevroga yetdi. Hozir «Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi forvardi Lamin Yamal ham şunçaga baholanmoqda.
Avvalroq, uşbu marraga «Pari Sen-Jyermen»da öynagan davrida Kilian Mbappe (hozir «Real Madrid» futbolçisi) va «Real Madrid» yarimhimoyaçisi, braziliyalik Vinisius Junior yetib olgan edi.
APL eng qimmat 5 futbolçisi quyidagilar:
- Erling Holand (Mançester Siti) - 200 mln yevro;
- Bukayo Saka (Arsenal) - 130 mln yevro;
- Koul Palmer (Çelsi) - 120 mln yevro;
- Deklan Rays (Arsenal) - 120 mln yevro;
- Aleksander Isak (Liverpul) - 120 mln yevro.
Joriy mavsumda Holand 24 öyinda 23 ta gol urib, APL töpurarlar poygasida peşqadamlik qilmoqda va yaqinda APL tarixida 100 ta gol marrasiga eng tezkor yetib olgan futbolçiga aylandi (111 öyinda).
25 yoşli futbolçi «Mançester Siti» tarkibida Çempionlar Ligasida ğolib çiqqan va ikki marta Angliya çempioni bölgan. Uning klub bilan şartnomasi 2034 yilgaça möljallangan.
Holandning jamoadoşi, özbekistonlik himoyaçi Abduqodir Husanov portal tomonidan 35 million yevroga baholangan.













