17 sentabr kuni Nyu-Yorkning Manxetten dahasida yuz bergan portlaş böyiça ilk ayblanuvçi nomi ma'lum qilindi. Bu haqda şahar meri Bill De Blazioga asoslanib, Sputnik xabar tarqatgan.
Merning sözlariga köra, hujum taşkilotçiligida AQŞ fuqarosi bölgan 28 yoşli Ahmaj Xon Rahami ayblanmoqda.

Bundan oldinroq, 17 sentabr kuni Nyu-York va Nyu-Jyersidagi hujumlar bitta guruh tomonidan taşkil etilgani haqida taxmin berilgandi.
Eslatib ötamiz, 17 sentabr kuni Nyu-Jyersida xayriya marafoni arafasida portlaş röy berdi.
18 sentabrga ötar keçasi Manxetten markazidagi Çelsi kvartalida portlaş yuz berdi. Hodisa oqibatida 29 kişi jabrlandi.
Bugun Nyu-Jyersidagi temir yöl bekatida yana bir şubhali buyum aniqlandi va portlatildi.












