Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida tirannozavrning kiçik qarindoşi bölmiş nanotirannusning (Nanotyrannus) noyob skeleti 47,3 million dollarga sotildi. Şu tariqa u tarixdagi ikkinçi eng qimmat qazilma topilmaga aylandi.

Uşbu namunaga Jodi deb nom berilgan. Uning qiymati dastlab 6–9 million dollar atrofida baholangan edi. Auksionda narxlarning bu darajada oşib ketişiga skeletning holati sabab böldi: u bugungi kunda olimlarga maʼlum bölgan nisbatan butun saqlangan uçta nanotirannus skeletidan biridir.

Jodining balandligi taxminan 2 metr, uzunligi esa 6 metr keladi. Toşqotgan qoldiq 2019-yilda montanalik fermer ayol Jodi Pirson tomonidan topilgan.

Sotheby's

Nanotirannus uzoq vaqt davomida alohida tur sifatida emas, balki yanglişib yoş tirannozavr deb hisoblangan. Ularning qoldiqlari ilk bor 1940-yillardayoq topilgan edi. Tadqiqotçilar yaqindagina bu baribir alohida tur degan xulosaga keldi.

Sotilgan nanotirannusning narxi auksionda dinozavr skeleti uçun tölangan rekord summadan atigi uç million dollarga kam. Joriy yilning iyul oyida Gas laqabli tirannozavr skeleti kimoşdi savdosida 50,1 million dollarga sotilgan edi. U şu kungaça topilgan eng yirik tirannozavrlardan biri bölgan.

Şu bilan birga, CNN telekanalining qayd etişiça, bunday toşqotgan qoldiqlarning sotilişi ilmiy hamjamiyatning tanqidiga sabab bölgan:

«Biz nanotirannus haqiqatan ham mavjud bölganini endigina bilib oldik, hozir esa eng yaxşi skeletlardan biri eng yuqori narx taklif qilgan xaridorga sotib yuboriladi. U muzeyga qöyilib, bolalar, oilalar va keng jamoatçilikni hayratga soliş hamda ilhomlantiriş örniga, qaysidir kolleksionerning omborida yöqolib ketişi mumkinligini öylaşning özi dahşatli», - dedi Şotlandiyadagi Edinburg universitetining paleontologiya va evolyutsiya professori Stiv Brusatte.

Toşqotgan qoldiqni sotib olgan şaxsning ismi nomaʼlum. Skelet unga barça huquqlari bilan birga ötdi, bu esa xaridor uning nusxalarini muzey va kolleksionerlarga sotişi mumkinligini anglatadi.