DW xabariga köra, Mamdani mazkur strategiyani 29-sentabr kuni taqdim etgan. Şahar maʼmuriyati sinagogalarni qöriqlaşga qöşimça mablağ ajratiş hamda yahudiy diniy inşootlari xavfsizligi böyiça işçi guruh faoliyatini tiklaşni rejalaştirmoqda.

Strategiya doirasida şahar böylab antisemitizmga qarşi axborot kampaniyalari ötkaziladi, Xolokost haqida maʼlumot beruvçi taʼlim dasturlari kengaytiriladi.

Yahudiy madaniy markazlari va notijorat taşkilotlarini qöllab-quvvatlaşga ham millionlab dollar yönaltiriş közda tutilgan. Ular orasida Kvins hududida barpo etilayotgan Xolokost qurbonlari yodgorligi hamda Bruklindagi Yangi yahudiy madaniyati markazi bor.

Mamdani X ijtimoiy tarmoğida eʼlon qilgan videomurojaatida yahudiylar Nyu York aholisining 12 foizini taşkil etişiga qaramay, politsiya qayd etgan nafrat jinoyatlarining yarmidan köpi antisemitizm bilan boğliq ekanini aytgan.

«Bu nafaqat qabul qilib bölmaydigan holat, balki biz özgartirişimiz şart bölgan vaziyatdir. Şahar maʼmuriyati bu borada yetakçi rolni öz zimmasiga oladi», - degan mer.

Mamdanining Isroil–Falastin mojarosiga munosabati

Nyu York tarixidagi birinçi musulmon mer Zohron Mamdani Falastinni qöllab-quvvatlaşi va Isroil siyosatini tanqid qilişi bilan tanilgan. Uning bu qaraşlari şahardagi yahudiy jamoasining bir qismi noroziligiga sabab bölgan. Ayni paytda, Nyu York yahudiylari orasida Mamdanining tarafdorlari ham bor.

Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Nyu Yorkdagi BMT Boş Assambleyasida sözlagan nutqida Mamdanini antisemit deb atagan.

DW maʼlumotiga köra, Mamdani 2026-yilgi saylov kampaniyasi davomida Netanyahu Nyu Yorkka kelsa, Xalqaro jinoyat sudi 2024-yilda bergan hibsga oliş orderi asosida uning hibsga olinişiga erişişga harakat qilişini aytgan. Biroq mer lavozimiga kirişganidan söng, bunday vakolatga ega emasligini tan olgan.