Özbekiston prezidentlik saylovini şaffof va oşkora ötkazişni xohlayotganini namoyiş etayapti, degan fikrni bildirmoqda Şarqşunoslik instituti ilmiy xodimi Stanislav Pritçin.

Özbekiston Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Uluğbek Abdusalomov ma'lum qilganidek, prezidentlik saylovi şu yilning 4 dekabr kuni bölib ötadi. 

"Taklifnomalar, xususan YeXHT demokratik institutlar va inson huquqlari byurosiga ham yuborildi. Hozirça, bu byuro töliq tarkibda safar uyuştiradimi yoki avvalgi saylovlardagi kabi atigi 11 nafar kuzatuvçi keladimi, noma'lum", — degan  Pritçin "Rossiya segodnya" axborot agentligida bölib ötgan davra suhbatida.

Uning qöşimça qilişiça, "YeXHTdan taşqari, ŞHT va MDHdan kuzatuvçilar böladi". 

"Ya'ni, Özbekiston saylovlarni, xorijlik kuzatuvçilar, qöşnilari va barça, jumladan ğarblik kuzatuvçilar uçun ham imkon qadar şaffof va oşkora ötkazişga urinmoqda", — deb hisoblaydi rossiyalik şarqşunos olim. 

Hozirgi kunga kelib, Özbekistonning barça törtta siyosiy partiyasi ham prezidentlik saylovi uçun hujjatlarini topşirgan. Saylov qonunçiligiga köra, prezidentlik saylovidan kamida 6 oy muqaddam röyxatdan ötgan partiyagina nomzodini ilgari sura oladi.