Şuni qayd etiş joizki, rossiyalik avtomobil öğrilarining qiziqişlari arzon sedanlar, örtamiyona krossoverlar va lyuks toifasidagi yöltanlamaslar orasida teng taqsimlangani oydinlaşmoqda. 2016 yili Rossiyada xaridi böyiça yetakçilik qilayotgan arzon xorij maşinalari orasida Hyundai Solaris va KIA Rio köproq öğrilar qiziqişini uyğotgan. "Rosgosstrax" kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan 2016 yil ötgan yarim yili mobaynida öğirlangan maşinalarga oid statistik ma'lumotlar şundan dalolat qiladi. Şunday qilib, uşbu ma'lumotlarga asosan, quyidagi maşinalarni rossiyalik öğrilar köproq öğirlaşgan.
12. Mercedes-Benz E-class

Eng köp öğirlanadigan avtomobillar röyxatini Mercedes-Benz modeli boşlab beradi. 2016 yil yanvar-iyun oylarida uşbu maşinadan 18 dona öğirlangan. Ötgan yili bu raqam 22tani taşkil etgan edi. Bunda ayniqsa, Mercedes-Benz E-class toifasidagi maşina egalari köproq xavotir olişlari kerak. Çunki, birinçi yarim yillikda bu maşinadan 6 nusxa öğirlangan. Axir, yangi E-class maşinasi 3 mln rubl turganidan keyin, uning ehtiyot qismlarini tasavvur qiliş qiyin emas.
11. Lexus LX

Yapon brendining lyuks toifasidagi Lexus avtomobillari qimmatligi bois, şundoğam öğrilikka qarşi suğurta qilinadi. Balki şuning uçundir, öğrilar ham aynan Lexus modellarini xuş körişadi: yarim yil mobaynida öğirlangan 19ta maşinaning (2015 yilda 17ta) 6 nusxasi — bu 5,4 mln rubl turadigan LX lyuks yöltanlamasidir. Birmunça arzonroq Lexus GX yöltanlamasidan 4ta, ES sedanidan 3 dona öğirlangan.
10. Ford Focus

Ta'kidlaş kerak, ommaviy maşinalar öğrilarning e'tiborini qimmat maşinalar singari köproq jalb etadi. Xususan, hisobot davrida 19ta Ford öğirlangan (2015 yilning ilk olti oyida 23ta). Albatta, bunda Ford Focus (yangisi 834 ming rubl turadi) yetakçi bölib, undan 15ta maşinani olib qoçişgan.
9. Nissan X-Trail
















