Şvetsiyada musulmon ayol öqituvçi öz hamkasblarini qöl siqiş bilan qarşilaş majburlab qöyilgandan keyin maktabdan böşaşiga töğri keldi, deb xabar bermoqda The Local.
Firdavs Al-Sokka ismli bu ayol Şvetsiyaning janubida joylaşgan Xelsingborgdagi maktabda 2016 yil avgustidan işlay boşlagan.
20 yoşli qiz musulmon bölgani uçun işidagi nomahram erkaklarning qölini siqişdan boş tortgan. Buning örniga u ularga qölini köksiga qöyib egilgança salom bergan.
Maktabning erkak xodimlaridan biri ayol uning qölini siqişni istamaganidan keyin bundan şikoyat qilgan.
"Bizning maktabda odamlarni farqlaş yöq", deb aytgan maktab direktori.
Şundan keyin qiz öz işidan böşab, teng huquqlik masalalari böyiça ombudsmenga murojaat qilgan.












