Yangi samolyot hali buyurtmaçiga topşirilmagan. U dastlab tekşiruv va sinovlardan ötişi, keyin ilk parvozini amalga oşirişi kerak. Şundan söng uni Şvetsiya tomoniga yetkazib beriş közda tutilgan.

GlobalEye uzoq masofadan radiolokatsion kuzatuv olib boriş, nişonlarni aniqlaş va harbiy harakatlarni muvofiqlaştiriş imkoniyatlarini birlaştiradi. Tizim havo, quruqlik va dengizdagi vaziyat haqida maʼlumot töplab, qömondonlikka umumiy manzarani körişga yordam beradi.

Samolyot keng hududlardagi faollikni aniqlaş va kuzatişga möljallangan. Undan olingan axborot tahdidlarga öz vaqtida javob beriş, operatsiyalarni rejalaştiriş va kuçlar harakatini muvofiqlaştirişda qöllanadi.

Şvetsiya uşbu samolyotlar yordamida milliy havo hududi va unga tutaş dengiz yönalişlarida kuzatuv imkoniyatlarini kuçaytirişni közlamoqda.

AviTrader xabariga köra, Şvetsiya Mudofaa taʼminoti boşqarmasi Saab bilan dastlabki şartnomani 2022-yilda tuzgan. Unda ikkita GlobalEye yetkazib beriş va keyinçalik qöşimça samolyotlar buyurtma qiliş imkoniyati nazarda tutilgan.

2024-yilda uçinçi samolyot ham buyurtma qilingan. Şu tariqa Şvetsiya uçun tayyorlanadigan GlobalEye’lar soni uçtaga yetgan.