Şvetsiyada 13-sentabr kuni bölib ötgan parlament va mahalliy hokimiyat organlariga saylovlarning dastlabki natijalari eʼlon qilindi.
SVT telekanali maʼlumotiga köra, byulletenlarning 94 foizi hisoblab çiqilganidan söng sobiq boş vazir Magdalena Andersson boşçiligidagi Sotsial-demokratik işçilar partiyasi 28,1 foiz ovoz bilan birinçi örinda bormoqda.
Umuman olganda, törtta söl muxolifat partiyasi - sotsial-demokratlar, Söl partiya, «yaşillar» va Markaz partiyasi amaldagi boş vazir Ulf Kristerssonning öng blokini juda kiçik farq bilan ortda qoldirmoqda.
Dastlabki natijalarga köra, Söl partiya 8,2 foiz, «yaşillar» 6,1 foiz, Markaz partiyasi esa 7,1 foiz ovoz olgan.
Öng blokda Kristerssonning möʼtadil konservativ partiyasi 19,9 foiz ovoz töplagan. «Şvetsiya demokratlari»ni saylovçilarning 17,6 foizi, Xristian-demokratlarni 6,2 foizi, Liberallarni esa 5,4 foizi qöllab-quvvatlagan.
Saylovoldi sörovlari dastlab söl blokning işonçli ğalabasini prognoz qilgan edi. Biroq ovoz beriş kuni yaqinlaşgani sari Magdalena Andersson boşçiligidagi muxolifat bilan Kristerssonning öng bloki örtasidagi farq qisqarib bordi.
Sotsial-demokratik partiya ötgan bir asrning katta qismi davomida Şvetsiya siyosatining yetakçi kuçi bölib kelgan va hozir ham mamlakatdagi eng yirik partiya hisoblanadi. Söl blok saylov kampaniyasi davomida ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlaş va yaşaş xarajatlari oşişi bilan boğliq muammolarni hal qilişni vaʼda qildi.
Amaldagi boş vazir Ulf Kristersson esa kampaniyada hukumatning uyuşgan va zöravonlik bilan boğliq jinoyatçilikka qarşi kuraşi hamda migratsiya siyosatini qatʼiylaştirişiga asosiy urğu berdi.
Şvetsiyada ovoz beriş huquqiga ega qariyb 8 mln kişi bor. Mamlakat aholisi 10,6 mln nafarni taşkil etadi. Saylovlarda iştirok etiş darajasi anʼanaviy ravişda 80 foizdan yuqori böladi.
Ovozlarning qariyb yarmi saylov kuniga qadar muddatidan oldin berilgan. Yakuniy natijalar siyosiy bloklar örtasidagi farq juda kiçik bölgani sabab alohida ahamiyat kasb etadi.

















