9-sentabr kuni Toşkent xalqaro aeroportiga Şvetsiya va Polşadan Özbekiston fuqarolarini olib kelgan charter reysi qöndi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, reysda uşbu Yevropa mamlakatlarining migratsiya qonunçiligini buzgan 27 nafar Özbekiston fuqarosi bölgan.

Vatandoşlarni Özbekistonga qaytariş işlari Özbekiston, Şvetsiya va Polşaning vakolatli idoralari örtasidagi hamkorlik doirasida taşkil etilgan.

Toşkent xalqaro aeroportida fuqarolarni Taşqi işlar vazirligi va boşqa masʼul idoralar vakillari kutib olgan. Qaytarilgan fuqarolar vatanga kelişlariga kömaklaşgani va körsatilgan yordam uçun mamlakat rahbariyati hamda vakolatli organlarga minnatdorlik bildirgan.

“Dunyo” AAga köra, mazkur çora-tadbirlar Özbekistonning xalqaro majburiyatlar va mezbon mamlakatlar qonunçiligiga rioya qilgan holda xorijdagi fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilişga qaratilgan işlar doirasida amalga oşirilmoqda.

Şuningdek, xorijga çiqayotgan Özbekiston fuqarolarining huquqiy savodxonligini oşiriş, ularni qabul qiluvçi davlatlardagi migratsiya talablari bilan taniştiriş hamda qonunbuzilişlarning oldini oliş böyiça işlar davom ettirilayotgani bildirildi.