AQŞ KXDR tomonidan bölayotgan tahdidlar sabab Janubiy Koreyada raketaga qarşi tizimni kengaytirişni közlamoqda. Bu haqda AQŞ davlat kotibi yordamçisi Deniel Rassel ma'lum qilgan.

Rassel 27 sentabr kuni vakillar palatasining taşqi işlar qömitasida qilgan çiqişida KXDRning 9 sentabr kuni yadro sinovini ötkazgani qurollanişni kengaytirişni talab etayotganini ma'lum qilgan. Uning eslatişiça, AQŞ va Janubiy Koreya THAAD tizimini rivojlantirişni muhokama qilmoqda.

Bundan taşqari, Rasselning ma'lum qilişiça, AQŞ, Janubiy Koreya va Yaponiya KXDRni xalqaro moliyaviy resurslardan çeklaş masalasini hal etişni ham rejalaştirişmoqda.

Uning tuşuntirişiça, sanksiyalar oqibatida KXDRning kömir savdosi va şimoliy koreyaliklar xorijda işlab vatanlariga jönatayotgan pul ötkazmalari zarba ostida qoladi.