Xiaomi kompaniyasi yangi Xiaomi Mi 5s va 5s Plus smartfonlarini namoyiş qildi. Bu haqida işlab çiqaruvçining saytida ma'lum qilindi. 

Yangi devayslar ultratovuşli Qualcomm Sense ID barmoq izlari skaneri bilan boyitilgan.

Xiaomi Mi 5s qurilmasi 5,15 dyuymli Full HD displey, 12 Mp'li asosiy kamera va 4 Mp'li old kamera bilan ta'minlangan. Smartfon ikki modifikatsiyada taqdim etilgan - 3 Gb operativ va 64 Gb fleş-xotira, şuningdek 4 Gb operativ va 128 Gb fleş-xotira. 

Ilğor model kattalaşgan - 5,7 dyuymli displey va 13 Mp'li ikki kamerasi bilan ajralib turadi. Xiaomi Mi 5s Plus 4 Gb operativ va 64 Gb fleş-xotira, şuningdek 6 Gb operativ va 128 Gb fleş-xotira versiyalarida taklif qilinadi. 

Smartfonlar 29 sentabrdan Xitoyda sotuvga çiqadi. Xiaomi Mi 5s qurilmasi narxi - 299 va 344 dollar. Xiaomi Mi 5s Plus'ning ikki versiyasi bahosi - 344 va 389 dollar.