Prezident Şavkat Mirziyoyevga 17 iyul kuni yoqilği-energetika sohasida fuqarolar murojaatlarini körib çiqiş hamda ularda kötarilgan muammolarni kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik doirasida bartaraf etiş yuzasidan axborot berildi.

Qayd qilinişiça, 2026 yilning birinçi yarmida yoqilği-energetika sohasiga oid 40 mingga yaqin murojaat kelib tuşgan. Ularning 50 foizi tabiiy va suyultirilgan gaz, 38,3 foizi elektr ta’minoti bilan boğliq.

Murojaatlarda asosan suyultirilgan gaz ballonini töldiriş, elektr ta’minotidagi uzilişlar, elektr tarmoqlarini quriş va ta’mirlaş hamda tabiiy gaz bosimi bilan boğliq masalalar kötarilgan.

Kuz-qiş mavsumidan oldin takror murojaatlar kelib tuşayotgan mahalla va obektlarni xatlovdan ötkaziş, elektr va gaz tarmoqlarining texnik holatini örganiş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça hududlar kesimida manzilli rejalar işlab çiqiş vazifasi qöyildi.

Ayniqsa, elektr ta’minotida uzilişlar köp kuzatilayotgan hududlarda tarmoq va transformatorlarni ta’mirlaş, avariya brigadalarining şayligini oşiriş, tabiiy gaz bosimi bilan boğliq muammolar mavjud joylarda ta’minot barqarorligini ta’minlaş muhimligi qayd etildi.

Şuningdek, suyultirilgan gaz ballonlarini töldiriş va aholiga yetkazib beriş grafiklariga qat’iy rioya qiliş, ehtiyoj yuqori bölgan hududlarda qöşimça zaxira va imkoniyatlarni safarbar etiş zarurligi körsatib ötildi.

Davlat rahbari mutasaddilarga murojaatlarda kötarilgan tizimli muammolarni kuz-qiş mavsumi boşlanguniga qadar hal etiş böyiça topşiriq berdi.