Peruda jodugarlikda ayblab, bir ayolni tiriklayin yoqib yuborişdi. Bu haqda 27 sentabr kuni Associated Press xabar bermoqda.

Puerto-Bermudes hududi prokurori Ugo Maurisioning sözlariga köra, voqea Şiringamatu Alto jamoatçiligida yuz bergan.

Hindular 73 yaşar Roza Vilyar Xarionikani jodugarlikda hamda odamlarga zarar keltirişda gumon qilişgan. Ayolga joriy qilingan jazoni 40 kişi qabul qildi. Uni qabila yetakçisi tasdiqlagan.

Xarionikaning qöllarini boğlaşgan va quruq ötinlarni yon-atrofiga terib qöyişgan. Söngra ularga benzin sepib, öt qöyişgan. Voqea mobil telefonda videoga olingan. Unda ayolning neçoğlik qiçqirayotganining guvohi böliş mumkin.

Prokurorning sözlariga köra, biror bir dalil qoldirmaslik uçun jamoa uni uç kun tinmay yoqişgan. Voqea joyiga yetib borgan politsiya u yerdan bir qança suyak qoldiqlari topişgan. Huquqni muhofaza qiliş organlari jinoyatdan qanday qilib xabardor bölişgani noma'lum. Jinoyat bilan boğliq biror-bir kişining qölga olinganiga ham oydinlik kiritilmagan.