Peru prezidenti Dina Boluarte öz oylik maoşini ikki baravarga köpaytirib, taxminan 10 ming AQŞ dollariga yetkazmoqçi. Reuters’ning yozişiça, bu qaror köplab peruliklarning ğazabini qözğatyapti.
Mamlakat Iqtisodiyot vazirligining e’lon qilişiça, Boluartening maoşi 35 568 solga (10 067 dollar) kötarildi. Bu miqdor Perudagi eng kam iş haqidan taxminan 30 baravar yuqori.
Qayd etilişiça, prezidentning maoşi avval 15 600 sol (4400 dollar) bölgan. Bu miqdor 2006 yilda sobiq prezident Alan Garsiya uni 42 000 soldan pasaytirganida joriy qilingan.
Iqtisodiyot vaziri maoşlar oşirilişi allaqaçon Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganini ma’lum qildi. Hukumat ösişni Lotin Amerikasidagi 12 ta hamkasbi bilan soliştirganda uning avvalgi maoşi faqat Boliviya prezidentinikidan yuqori ekani va 11-örinni egallagani bilan izohlagan.
Reuters hukumat bergan ma’lumotlar qançalik haqiqatga töğri kelişini mustaqil ravişda tekşira olmagan. Ötgan yili e’lon qilingan Rio Times baholaşlarida Lotin Amerikasi prezidentlarining maoşi 3 ming dollardan 22 ming dollargaça, örtaça 9,6 ming dollar atrofida ekani körsatilgan.
«Bu – hazil. Peru böylab öta qaşşoqlik hukm surmoqda va prezident örnak körsatişi kerak», deya ta’kidlagan nafaqaxör Rolando Fonseka.
Peru iqtisodiyoti sönggi ikki yil içida Boluarte davrining boşida hukumatga qarşi norozilik namoyişlari tufayli yuzaga kelgan tanazzuldan söng tiklandi. Biroq SOVID-19 pandemiyasi davrida yomonlaşgan qaşşoqlik darajasi 30 foizga yaqinligiça qolyapti. Boluarte keyingi yilning aprel oyidagi saylovlardan keyin 2026 yil iyul oyida öz vakolatlarini tugatadi.
«U ketiş arafasida va maoşini oşirişning hojati yöq, kasalxonalar va bemor bolalarga yordam körsatişi kerak», deya Reuters Limadagi uy bekasi Karmen Xuaresning fikrini keltirib ötgan.
Boluarte 2022 yil oxirida hokimiyatga kelgandi. Datum va Ipsos Peru tomonidan ötkazilgan sörovnomalarga köra, uning ma’qullaş reytingi 2 foizdan 4 foizgaça bölib turibdi.
U korrupsiya, xususan, Rolex soatlari bilan noqonuniy boyiş ayblovlariga duç kelgan. Şuningdek, politsiya va harbiylarning 50 dan ortiq odam halok bölgan hukumatga qarşi namoyişlarga munosabatini nazorat qilişdagi roli böyiça tergov qilingan.













