Xitoyning NextEV kompaniyasi "bir megavattli" (1360 ot kuçi) dvigatelga ega gibrid giperkarining birinçi dizayn-sketçini çop etdi. Ferrari LaFerrari, Porsche 918 Spyder va McLaren P1 kabi avtomobillar bilan raqobatlaşa oladigan yangi model dunyoda eng tezkor yöl avtomobillardan biriga aylanişi mumkin.

"Formula-Ye" elektrik bolidlar çempionatida öz jamoasi bilan qatnaşuvçi NextEV firmasi giperkari Myunxendagi ilmiy-tadqiqot markazida yaratilmoqda. Hozirça model haqida şu ma'lumki, model unga 0 dan 100 km/soat tezlikkaça 3 soniyadan kamroq vaqtda erişişga imkon beradigan elektr motorlar bilan jihozlanadi.

Yangi maşina kelayotgan noyabrda ilk marta namoyiş qilinişi kutilmoqda. Narxi taxminan 1,4 mln dollarni taşkil qiluvçi giperkarni işlab çiqariş Buyuk Britaniyada yölga qöyiladi.

NextEV kompaniyasi 2014 yilda xitoylik tadbirkor Uilyam Li tomonidan yaratilgan. Firma rahbari etib avval Maserati, Mazda va Ford kompaniyalarida yuqori lavozimlarda işlagan britaniyalik Martin Liç tayinlangan.

Xitoyliklar yangi giperkar ortidan xaridorlarni jalb qilişda Tesla Motors kompaniyasi modellari bilan raqobatlaşa oladigan hamyonbop elektrokarlar qatorini yaratişmoqçi.