Joriy yilning 29 sentabr kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. 

Deputatlar Özbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi taşabbusiga köra, Özbekiston Respublikasi mehnat vazirining «2016 yilda iş örinlari taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturi bajarilişining borişi töğrisida»gi axborotini eşitdilar. 

Eşituv davomida Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining mintaqalar va muayyan korxonalar kesimida Bandlik dasturi amalga oşirilişining tizimli monitoringi va tahlilini ötkazişga doir faoliyati, mehnat bozorida talab va taklifni örganiş natijalari hamda 2016 yil uçun tasdiqlangan körsatkiçlarni bajariş yuzasidan uning asosida qabul qilingan zarur qöşimça çora-tadbirlar, yangi taşkil etilayotgan iş örinlari xususidagi körsatkiçlarning töğriligi ustidan nazoratni kuçaytiriş böyiça Özbekiston Respublikasi Davlat statistika qömitasi bilan hamkorlikdagi işlari töğrisidagi axborot taqdim etildi. 

Ta'kidlab ötildiki, tegişli çora-tadbirlar amalga oşirilganligi, şuningdek, asosan sanoatda, xizmatlar körsatiş va servis sohasida, uy-joy qurilişida yangi obektlarning işga tuşirilganligi, kiçik biznes, fermer va dehqon xöjaliklarining jadal rivojlanganligi joriy yilning yanvar-iyun oylarida 462,5 ming kişining bandligini ta'minlaş imkonini berdi. Iş örinlarining 59,8 foizi qişloq joylarida taşkil etildi. 

Iş bilan band bölmagan aholi vakillariga işga joylaşiş borasida mehnat organlari tomonidan böş iş örinlari yarmarkalarini ötkaziş orqali kömak körsatildi. Natijada bandlikka kömaklaşiş tuman va şahar markazlari tomonidan işga joylaştiriş yuzasidan murojaat qilgan 124,6 ming fuqaro doimiy va vaqtinçalik iş bilan ta'minlandi, 52,6 ming fuqaroga mehnatga oid qonun hujjatlari böyiça hamda işga joylaşiş imkoniyatlari xususida axborot va maslahatlar berildi. 

Şu bilan birga, deputatlar Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining «2016 yilda iş örinlari taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturi bajarilişining borişi töğrisida»gi axborotini ijobiy baholagan holda, Dasturda nazarda tutilgan barça çora-tadbirlar kompleksini amalga oşirişda foydalanilmagan imkoniyatlar hamda kamçiliklar borligini, xususan, Dasturning bajarilişi yuzasidan monitoring va tahlil qiliş tizimini takomillaştiriş, Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining boşqa tegişli davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorligini yaxşilaş zarurligini ta'kidlab ötdilar. 

Inoyat Hojiyev, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati: 

– Iş örinlari taşkil etiş va aholi bandligini ta'minlaş dasturi bajarilişining borişi töğrisidagi axborotning parlamentda eşitilişi öta dolzarb bölib, dasturning samarali amalga oşirilişi borasida ijro etuvçi hokimiyat organlari bilan bir qatorda deputatlar korpusi zimmasiga ham mas'uliyat yuklaydi. 

Şuning uçun mazkur masala doimo parlament diqqat markazidadir. Çunonçi, uşbu eşituvdan oldin deputatlar tomonidan bir qator viloyatlarda dasturning amalga oşirilişi holati örganib çiqildi. Yangi korxonalarni işga tuşiriş va işlab turgan korxonalarni kengaytiriş, kiçik korxonalarni rivojlantiriş va boşqa tadbirlar hisobiga iş örinlari taşkil etiş borasida qoloqlik aniqlandi. 

Şu sababli ayrim mintaqalarda iş örinlari taşkil etiş yuzasidan mahalliy hokimiyat organlarining işini faollaştiriş zarurligiga e'tibor qaratildi. 

Jamol Nosirov, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati: 

– Dastur bajarilişining samaradorligini oşirişda barça davlat organlari va muassasalarining, deputatlar hamda keng jamoatçilikning yaqindan hamkorlik qilişi muhim ahamiyat kasb etadi. Şu sababli monitoring tizimini takomillaştiriş, dastur körsatkiçlarining sözsiz bajarilişi ustidan nazoratni kuçaytiriş zarur. 

Mamlakatimizning ayrim mintaqalarida Bandlik dasturi bajarilişining borişini örganiş aholi bandligini ta'minlaş, mehnat bozorida talab etiladigan muayyan mutaxassisliklar böyiça kasb-hunar kollejlarining bitiruvçilariga bölgan ehtiyojni rejalaştiriş masalalarida mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatida hanuzgaça kamçiliklar mavjud ekanligini körsatmoqda. 

Bugungi oçiq-oydin va tanqidiy muhokama biz, deputatlarning parlament nazorati imkoniyatlaridan köproq foydalanişimiz zarurligini körsatadi. 

Erkin Avezov, Özbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining boşqarma boşliği: 

– Bugungi eşituv ötgan yillardagidan farqli ravişda amaliy va tanqidiy ruhda ötdi. Saylovçilar bilan bölgan uçraşuvlar va nazorat-tahlil tadbirlari davomida olingan ma'lumotlar asosida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni örinli deb hisoblaymiz. Xususan, yangi taşkil etilayotgan iş örinlari haqidagi körsatkiçlarning töğriligi ustidan nazoratni kuçaytirişga doir davsiyalar berildi. Bularning barçasi faoliyatimizda yangiça yondaşuvlarni, şuningdek, işimiz sifatini yanada yaxşilaşni talab etadi. 

Eşituv yakunlariga köra, muhokama davomida bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasi tegişli qaror qabul qildi. 

 

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Qonunçilik palatasining

Axborot xizmati