Prezident Şavkat Mirziyoyev tölovga qobiliyatsizlik institutini takomillaştiriş va moliyaviy ahvoli oğir tadbirkorlik sub’yektlarini soğlomlaştiriş böyiça yangi yondaşuvlar yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Qayd etilişiça, yaratilayotgan korxonalar va iş örinlarini saqlab qoliş, moliyaviy qiyinçilikka duç kelgan tadbirkorlik sub’yektlarini erta bosqiçda qöllab-quvvatlaş borasida yeçimini kutayotgan köplab masalalar bor.

Xususan, faoliyat körsatmayotgan va faoliyati tugatilgan kiçik korxonalar soni ösib boryapti. Çunki amaldagi tizim korxonani saqlab qoliş va qayta tiklaşga emas, köproq uning faoliyatini rasmiy tugatişga qaratilgan.

Avvalo, tölovga qobiliyatsizlik taomillari yetarli darajada qöllanilmayapti. Moliyaviy ahvoli oğirlaşgan 93 mingta tadbirkorning atigi 10 mingtasi böyiça tölovga qobiliyatsizlik işi qözğatilgan. Sudgaça va sud sanatsiyasi tizimi amalda samarali işlamayapti, sönggi beş yilda atigi 68 ta korxonaga sanatsiya taomili qöllanilgan, şundan ham faqatgina 7 tasining faoliyati tiklangan.

Sud boşqaruvçilari faoliyati ham tanqidiy körib çiqildi. Qator holatlarda iş yuritiş muddatlari buzilgani, asossiz xulosalar berilgani, soxta bankrotlik alomatlarini öz vaqtida örganiş mexanizmi yetarli emasligi qayd etildi. Sud boşqaruvçilariga haq tölaş tizimidagi böşliqlar malakali mutaxassislarni jalb qilişga tösqinlik qilayotgani, ayrim holatlarda esa işlarni sun’iy çözişga sabab bölayotgani körsatib ötildi.

Bundan taşqari, soha raqamlaştirilmagani, onlayn monitoring va nazorat yöqligi, bankrot yoki tölovga qobiliyatsizlik holatidagi korxonalarning oçiq reyestri mavjud emasligi, davlat organlari örtasida ma’lumot almaşinuvi yetarli darajada yölga qöyilmagani ta’kidlandi.

Şu munosabat bilan sohada davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş böyiça yangi institutsional yondaşuvlar taklif qilindi.

Xususan, Adliya vazirligi huzurida Tölovga qobiliyatsizlik işlari böyiça agentlik taşkil etiş taklif qilindi. Bu tuzilma sohada yagona davlat siyosatini yuritiş, davlat organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, bankrotlik omillarini tahlil qiliş va bartaraf etiş çoralarini köriş, korxonalarni moliyaviy soğlomlaştirişga kömaklaşiş bilan şuğullanadi.