Şvetsiya poytaxti Stokgolm şahrida fizika böyiça Nobel mukofoti sovrindorlari nomi e'lon qilindi. Ma'lum bölişiça, ilm-fan sohasidagi obröli sovrinlardan birining bu yilgi sohiblari Vaşington universiteti olimi Jyeyms Taules, Prinston universiteti vakili Frederik Xaldeyn va Braun universiteti ilmiy xodimi Jon Kosterlits örtasida taqsimlanadi. Ular, topologik fazali ötişlarga oid ilmga qöşgan hissasi uçun şunga munosib topilgan. 

Qömita xabarida aytilişiça, mazkur olimlar öta yuqori ötkazgiçlar, öta oquvçi suyuqliklar va magnitli tasmalar kabi materiyalarning noodatiy faza(davr)lari va xususiyatlarini ta'riflaşning matematik usullarini işlab çiqişgan. Olimlarning işlanmalari dunyoning köplab olimlari izlanişlar olib borayotgan moddalarning noodatiy fazalarini qidiriş ehtimolini haqiqatga aylantirgan.