2026-yilgi mavsum ğoliblari 5–12-oktabr kunlari eʼlon qilindi. Olti yönalişdagi mukofot olimlar, şoira va huquqşunosga nasib etdi. Tinçlik mukofotiga Ğazoda genotsid sodir etilgan, degan xulosaga kelgan BMT komissiyasi rahbari munosib körildi. Bu safar ham mukofotdan quruq qolgan prezident Tramp Nobel qömitasini keskin tanqid qildi. Mukofotlar öz egalariga 10-dekabr - Alfred Nobel vafot etgan kuni Stokgolm va Oslo şaharlarida topşiriladi.

Nobel laureatlari va nomzodlar qanday tanlanadi?

Nobel tanlovi oçiq konkurs emas: unga ariza topşirib yoki özini özi körsatib bölmaydi. Fizika, kimyo va iqtisodiyot böyiça laureatlarni Şvetsiya Qirollik Fanlar akademiyasi, fiziologiya yoki tibbiyot böyiça Karolinska institutining 50 professordan iborat Nobel assambleyasi tanlaydi. Adabiyot böyiça ğolibni 18 aʼzoli Şvetsiya akademiyasi tanlaydi. Tinçlik mukofotini esa Nobel vasiyatiga köra Norvegiya parlamenti tayinlaydigan beş kişilik Nobel qömitasi beradi.

Fan va adabiyot yönalişlarida nomzodni taklifnoma olgan akademiya aʼzolari, avvalgi laureatlar va soha professorlari, adabiyotda esa yozuvçilar uyuşmalari raislari ham körsata oladi. Tinçlik mukofotida doira kengroq: parlament va hukumat aʼzolari, davlat rahbarlari, tarix, huquq va falsafa professorlari kabi ön minglab kişi nomzod körsatişga haqli.

Nomzodlar nomi 50 yil sir saqlanadi. Bitta mukofot köpi bilan uç kişiga beriladi. Laureat diplom, örtaça 175 grammli oltin medal va pul mukofotini oladi. 2026-yilda mukofotning 125-yillik yubileyi munosabati bilan Nobel jamğarmasi har bir mukofot miqdorini 11 milliondan 12 million Şvetsiya kronasiga oşirdi. Bu taxminan 1,2 million AQŞ dollariga teng.

6 yönaliş va 10 ğolib

  1. Fiziologiya yoki tibbiyot sohasi

Mukofotlar haftasini anʼanaga köra tibbiyot yönalişi oçdi: 5-oktabr kuni Karolinska instituti mukofot «nur yordamida oçiladigan ion kanallari va optogenetika sohasidagi kaşfiyotlar uçun» berilganini maʼlum qildi