Afğoniston içki işlar vazirligi AQŞdan 492 dona harbiy Humvee transport vositalari olingani va ularning yarmi politsiya bölinmalariga yetkazib berilgani haqida xabar qilmoqda.
Afğoniston IIV vakili Murtazo Raximiyning qayd etişiça, transport vositalarining qolgan qismi yaqin orada huquq-tartibot idoralariga yetkaziladi. Xabar qilinişiça, uşbu harbiy yordam NATOning "Qat'iy kömak" dasturi doirasida amalga oşirilgan.
Khaama agentligiga köra, AQŞ şuningdek, Afğonistonga 80 ming dona qurol-aslaha, xususan avtomatik miltiqlar ham yetkazib beradi.












