AQŞda mamlakatning Hawaiian Airlines aviakompaniyasi parvozlardan avval yölovçilarning vaznini ölçaş amaliyotini qöllayotganidan norozilik bildirildi. Radio New Zealand radiosining xabar qilişiça, uşbu aviakompaniyada parvoz qilgan tadbirkor Avamua Devid Helek AQŞ transport vazirligiga murojaat qilib, aviataşuvçining harakatlari naqadar qonunga zid emasligini tekşirib körişni söragan. Hozirça, ma'muriyatning javobi ma'lum emas. 

Hawaiian Airlines, xususan, Pago-Pago (Amerika Samoasi markazi) va Havayi orollaridagi Honolulu şahri örtasidagi parvozlarda şunday amaliyotni qöllab keladi. Kompaniya vakillarining izoh berişlariça, bu sayyohlarning umumiy vaznini samolyot salonida bir xil taqsimlaş uçun xavfsizlik maqsadida amalga oşiriladi. 

Ammo, Helek buni salbiy qarşi olgan. «Albatta, Hawaiian Airlines bu xavfsizlik masalasi ekanini aytmoqda. Ammo, nima biz şu paytgaça tahdid ostida uçgan ekanmiz-da?» — degan Helek. 

Hawaiian Airlines 2003 yildan beri Amerika Samoasidan parvozlarni yölga qöygan. Ta'kidlaş kerakki, semizlik uşbu mintaqa aholisi uçun jiddiy muammo hisoblanadi. 

2015 yil avgustida «Özbekiston Havo Yöllari» aviakompaniyasi ham yölovçilarini samolyot bortiga çiqişidan avval vaznini ölçay boşlagan edi. Bu amaliyot yölovçining qöl yuki bilan örtaça vaznini aniqlaş maqsadida yölga qöyilgani aytilgandi.