Özbekistonda tadbirkorlikni rivojlantiriş va xususiy mulkni davlat tomonidan muhofazasini ta'minlaşga qaratilgan navbatdagi qadam taşlandi.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvçi Şavkat Mirziyoyevning “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaşga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilişga va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoniga muvofiq, 2017 yilning 1 yanvaridan boşlab tadbirkorlik sub'yektlarini rejadan taşqari tekşirişlarning barça turlari bekor qilinadi.

Biroq, yuridik şaxslar tugatilayotganida, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarning qonunçilik buzilganligi haqidagi murojaatlari asosida Nazorat qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi Respublika kengaşi qaroriga muvofiq ötkaziladigan qisqa muddatli tekşiruvlar bundan mustasno ekani qayd etilgan. 

Unda ta'kidlanişiça, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini, şu jumladan, jinoyat işlari doirasidagi muqobil tekşirişlarning barça turlari ham bekor qilinadi. 

Quyida uşbu farmon matni töla keltirilgan.

Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanişini ta'minlaş, xususiy mulkni himoya qiliş va uning daxlsizligi kafolatlarining huquqiy mexanizmlarini yanada mustahkamlaş, tadbirkorlikni rivojlantiriş yölidagi byurokratik tösiqlarni bartaraf etiş, respublikada investitsiya va işbilarmonlik muhitini yaxşilaş maqsadida:

1. Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng erkinlik beriş, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralaşuvini tubdan qisqartiş, huquqbuzarliklarning barvaqt oldi olinişini ta'minlaş, ularning profilaktikasi samaradorligini oşiriş va huquqbuzarliklarga yöl qöyilmaslik tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantiriş sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor yönalişi va davlat organlarining birinçi darajali vazifasi etib belgilansin.

Davlat organlari, eng avvalo, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat qiluvçi tuzilmalar:

öz faoliyatida yuqorida körsatilgan talabni hamda tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi tamoyilining sözsiz amalga oşirilişini ta'minlasinlar;

öz vazifalari va vakolatlarining tanqidiy tahlili asosida huquqbuzarliklarning oldini oliş, profilaktika qiliş hamda ularga yöl qöymaslik borasidagi çora-tadbirlarni takomillaştirişga va ularning samaradorligini oşirişga doir asoslangan takliflarni ikki oy muddatda, belgilangan tartibda kiritsinlar;

tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravişda aralaşganlik va tösqinlik qilganlik, ularning faoliyatini asossiz töxtatib qöyganlik uçun mansabdor şaxslarning javobgarligi töğrisidagi qonun hujjatlari normalari talablari qat'iy bajarilişini, şuningdek, tadbirkorlik sub'yektlariga yetkazilgan zararning bevosita aybdorlardan undirilişini ta'minlasinlar.

2. Özbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanişini ta'minlaş, xususiy mulkni har tomonlama muhofaza qiliş va işbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxşilaşga doir kompleks çora-tadbirlar dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Kompleks çora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning öz vaqtida va sifatli bajarilişi yuzasidan şaxsiy javobgarlik vazirliklar va idoralarning, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlari zimmasiga yuklansin.

3. Belgilab qöyilsinki, 2017 yilning 1 yanvaridan boşlab:

tadbirkorlik sub'yektlarini rejadan taşqari tekşirişlarning barça turlari bekor qilinadi, yuridik şaxslar tugatilayotganida, şuningdek, jismoniy va yuridik şaxslarning qonunçilik buzilganligi holatlari böyiça bergan murojaatlari asosida faqatgina Nazorat qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi Respublika kengaşi qaroriga muvofiq ötkaziladigan qisqa muddatli tekşiruvlar bundan mustasno;

tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini, şu jumladan, jinoyat işlari doirasidagi muqobil tekşirişlarning barça turlari bekor qilinadi;

moliya-xöjalik faoliyatini amalga oşirişda birinçi marta huquqbuzarliklar sodir etgan tadbirkorlik sub'yektlari va ularning xodimlari yöl qöyilgan qonunbuzarliklarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda ixtiyoriy ravişda bartaraf etgan va yetkazilgan moddiy zararni qoplagan taqdirda (insonning soğliği va hayotiga zarar yetkazilgan holatlar bundan mustasno) ma'muriy va jinoiy javobgarlikdan, jarimalar va moliyaviy sanksiyalar (penyadan taşqari) qöllanilişidan ozod etiladilar;

noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş bilan boğliq huquqbuzarliklarni birinçi marta sodir etgan şaxslar huquqbuzarlik aniqlangan kundan e'tiboran bir oy muddatda yetkazilgan zararning örnini ixtiyoriy ravişda qoplagan, tadbirkorlik sub'yekti sifatida röyxatdan ötgan va ruxsat etuvçi zarur hujjatlarni rasmiylaştirgan taqdirda ma'muriy va jinoiy javobgarlikdan ozod etiladilar;

tadbirkorlik sub'yektlariga nisbatan tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş huquqidan mahrum qiliş tarzidagi jinoiy jazo qöllanilmaydi;

xorijiy investitsiyalar iştirokidagi yangidan taşkil etiladigan işlab çiqariş korxonalariga ularni davlat röyxatidan ötkaziş vaqtida amalda bölgan soliq va boşqa majburiy tölovlar stavkalarini (resurs va bojxona tölovlari bundan mustasno) beş yil mobaynida qöllaş huquqi beriladi;

tadbirkorlik sub'yektlari hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etiş uçun ijro varaqasi beriş töğrisida ariza bergan taqdirda davlat boji tölaşdan ozod etiladilar;

tadbirkorlik sub'yektlarining eksport kontraktlarini davlat bojxona xizmati organlarida hisobga qöyiş borasidagi talab valyuta nazorati organlari tomonidan Taşqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali taşqi savdo kontraktlari nazorati va monitoringini saqlab qoliş şarti bilan bekor qilinadi, bundan Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (işlar, xizmatlar) eksportini rağbatlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-son Farmonining 1, 2 va 4-ilovalarida nazarda tutilgan tovarlarni eksport qiliş böyiça kontraktlar mustasno;

eksport qilinayotgan tovarlarning kelib çiqişi töğrisidagi sertifikat ilgari xuddi şunday tovar uçun aynan sertifikat olgan arizaçiga bir iş kuni mobaynida beriladi.

4. Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga quyidagi asosiy vakolatlarga ega bölgan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil institutini taşkil etiş masalasini körib çiqiş tavsiya etilsin:

tadbirkorlik faoliyatini rivojlantiriş, tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş sohasida davlat siyosatini şakllantiriş va amalga oşirişda iştirok etiş;

tadbirkorlik sub'yektlarining faoliyati tekşirilayotganda ularni huquqiy qöllab-quvvatlaş;

tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisidagi qonun hujjatlari normalari va talablarining amalda röyobga çiqarilayotganligini örganiş;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning tadbirkorlik faoliyati amalga oşirilişiga ta'siri samaradorligini baholaş;

davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat qiluvçi organlar, şuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilişi yuzasidan nazoratni amalga oşiriş.

5. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qömitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uç oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarga yönaltirilgan asoslangan takliflar kiritsinlar:

soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni yiğiş xarajatlarini kamaytiriş, masofaviy nazoratni keng joriy etiş va soliq tölovçilarning huquqiy savodxonligini oşirişni ta'minlaydigan soliq ma'murçiligi sifati va samaradorligini yanada yaxşilaş;

respublikaning eksport salohiyati ösişini, töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni faol jalb etişni va mahalliy işlab çiqaruvçilarning taşqi bozorda raqobatbardoşligini oşirişni rağbatlantiradigan valyutani tartibga solişning va valyutalar kursi siyosatining ilğor bozor mexanizmlarini joriy etiş;

tadbirkorlik sub'yektlari faoliyati yuzasidan qisqa muddatli tekşirişlarni tayinlaş va ötkazişning aniq huquqiy asoslari hamda mezonlarini nazarda tutgan holda qonun hujjatlarini yanada takomillaştiriş;

tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatining kameral nazorati samaradorligini oşiriş orqali tekşirişlarni ötkaziş soni va muddatlarini qisqartiriş;

huquqbuzarliklarning oldini oliş va qonunga itoatkor tadbirkorlik sub'yektlarining barqaror faoliyati kafolatlarining asosiy mexanizmlaridan biri sifatida auditorlik taşkilotlari va soliq maslahatçilari körsatayotgan xizmatlar sifati va taqdim etayotgan xulosalarining haqqoniyligi uçun javobgarlikni kuçaytiriş yuzasidan ular faoliyatining huquqiy asoslarini takomillaştiriş;

bank faoliyatini tartibga solişning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etiş, davlat organlari tomonidan tijorat banklari faoliyatiga, birinçi navbatda, kredit siyosatiga ma'muriy aralaşuvlarning oldini oliş va ularga yöl qöymaslik;

bankning samarali faoliyat körsatişiga tösqinlik qiluvçi ğovlarni tugatiş, şuningdek, mijozlarning öz pul mablağlarini erkin tasarruf etiş huquqi töliq röyobga çiqarilişini ta'minlaş.

6. Özbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va quriliş qömitasi, Tabiatni muhofaza qiliş davlat qömitasi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Içki işlar vazirligi, «Özstandart» agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uç oy muddatda:

barça texnik talablarni (sanitariya, ekologiya, şaharsozlik normalari va qoidalari, yonğin xavfsizligi qoidalari, standartlaştirişga doir normativ hujjatlar va texnik normativlarni) xatlovdan ötkazsin hamda ilğor xorijiy tajribani inobatga olgan holda samarasiz, eskirgan va bozor mexanizmlarining örnini egallab olgan normalarni bartaraf etadigan tegişli normativ hujjatlarni işlab çiqsinlar va qabul qilsinlar;

texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi amaldagi normativ hujjatlardan moneliksiz va bepul foydalaniş imkonini beriş maqsadida ularning jahon Internet axborot tarmoğidagi öz rasmiy veb-saytlarida joylaştirilişi va doimiy yangilab borilişini ta'minlasinlar.

7. Özbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xöjalik sudi, Boş prokuraturasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uç oy muddatda:

nazorat qiluvçi organlarning tadbirkorlik sub'yektlari va ularning xodimlariga nisbatan ma'muriy jazolarni qöllaş borasidagi funksiya va vakolatlarini bosqiçma-bosqiç sud organlariga ötkaziş yuzasidan takliflar kiritsinlar;

iqtisodiy jinoyatlar sodir etiş, şuningdek, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga noqonuniy aralaşiş oqibatida yetkazilgan zararni aniqlaşning asoslangan yagona mezonlari va asoslarini işlab çiqsinlar.

8. Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Oliy sud, Adliya vazirligi, Içki işlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati hamda boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:

fuqarolar va tadbirkorlarning, eng avvalo, davlat organlariga bölgan işonçini mustahkamlaşga, respublikaning investitsiyaviy jozibadorligini oşirişga, şuningdek, korrupsiya tusidagi huquqbuzarliklarning oldini oliş va profilaktika qilişga qaratilgan «Korrupsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini;

jinoyat töğrisidagi qonun hujjatlarining tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş bilan boğliq normalarini yanada liberallaştiriş böyiça takliflarni;

qonun hujjatlariga, eng avvalo, xususiy mulk daxlsizligini ta'minlaşga, tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga asossiz aralaşişga va ularning faoliyati töxtatib qöyilişiga yöl qöymaslikka qaratilgan, qözğatilgan jinoyat işlari böyiça moliya-xöjalik faoliyati tekşiruvlarini (taftişlarni) tayinlaş, ötkaziş va ularning muddatini uzaytirişning aniq protsessual tartibi belgilanişini nazarda tutuvçi özgartiş va qöşimçalar kiritiş yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.

9. Özbekiston Respublikasi Oliy xöjalik sudi tadbirkorlar huquqlarining sud orqali işonçli himoya qilinişini, şaffoflik va xolislikni ta'minlaş maqsadida uç oy muddatda sud majlislariga audio va video qayd etiş mexanizmlari bosqiçma-bosqiç joriy etilişini, şuningdek, qabul qilingan sud qarorlari veb-saytlarda joylaştirilişini nazarda tutuvçi dasturning işlab çiqilişini ta'minlasin.

10. Özbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda tadbirkorlik sub'yektlariga faqat davlat xizmatlari körsatiş böyiça yagona markazlar orqali «yagona darça» tamoyili asosida körsatiladigan davlat xizmatlari röyxatini kengaytiriş yuzasidan takliflar kiritsin.

11. Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi, Savdo-sanoat palatasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uç oy muddatda ruxsat beriş tartib-taomillari, litsenziya beriş va tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisidagi qonun hujjatlariga normativ-huquqiy hujjatlar qançalik muvofiqligini tanqidiy örganiş asosida Vazirlar Mahkamasiga eskirib qolgan va zamonaviy talablarga javob bermaydigan ruxsat beruvçi hujjatlarni bekor qiliş hamda ruxsat beriş tartib-taomillarining muddatlarini qisqartiriş yuzasidan takliflar kiritsin.

12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari, moliya vaziri R.S.Azimov va Özbekiston Respublikasi Boş prokurori I.B.Abdullayev zimmalariga yuklansin.