Iqtisodçi Otabek Bakirov va soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov Kun.uz’ga bergan intervyusida ösimlik yoğini majburiy raqamli markirovkalaş taklifi, uning biznes xarajatlari va isteʼmol narxlariga ehtimoliy taʼsiri haqida fikr bildirdi.
Bakirovning aytişiça, taklifning iqtisodiy asoslari, xususan, sohadagi yaşirin aylanma hajmi va markirovkadan kutilayotgan samara haqidagi hisob-kitoblar taqdim etilmagan.
“Bozorimiz qança? Ularning baholaşlariga köra, qança kontrafakt bor yoki yaşirin iqtisodiyot mezonlariga mos tuşadigan ösimlik yoği aylanmasi, işlab çiqarişi bor? Biror maʼlumot yöq. Bundan kutiladigan iqtisodiy samara ham yöq.
“Biznesimiz, savdomiz, isteʼmolçilarimiz zimmasiga şunça xarajat yuklanadi, bundan şunça iqtisodiy samara olamiz”, degan hisob-kitoblar berilmagan. Biror tovarni markirovkalanadigan tovarlar röyxatiga kiritişdan oldin mustaqil baholaşlar bölişi kerak”, - dedi iqtisodçi.
U yoğ kundalik zarur isteʼmol mahsuloti ekanini taʼkidlab, qöşimça xarajatlarning kam daromadli oilalarga taʼsirini ham oldindan hisoblaş lozimligini bildirdi.
“Tizimdagi muammolar hal bölmasdan, yana mahsulot qöşilyapti”
Murod Muhammadjonovga köra, markirovka qamrovini kengaytirişdan oldin amaldagi tizimning işlab çiqariş va logistikadagi muammolariga yeçim topiş zarur.
“Eng avvalo, markirovka tizimi töğri işlab ketdimi yoki yöqmi, degan savolga javob kerak. Işlab çiqariş jarayonida qiyinçiliklar bor. Lazerda bitta xatolik bölsa, butun liniya töxtaydi, uni boşqatdan işga tuşiriş kerak böladi.
Logistikada ham muammolar bor. Kodlarning takrorlanişi kuzatilyapti: markirovkalangan tovar kodini öqitmoqçi bölsangiz, u boşqa joyda işlatilgan bölib çiqyapti. Tizimning özidagi muammolar yeçim topmasdan turib, unga yana qöşimça tovar kiritilyapti”, - dedi soliq maslahatçisi.
Uning taʼkidlaşiça, texnik muammoni bartaraf etiş imkoniyati borligi bilan çeklanib bölmaydi. Buning uçun biznes qança vaqt, mehnat va mablağ sarflayotgani ham hisoblanişi kerak.
Muhammadjonov ösimlik yoğiga nisbatan bunday talab joriy etilişida ayniqsa ehtiyotkor böliş zarurligini aytdi. Uning fikriça, qöşimça xarajat biznes zimmasida qolsa, korxonaning rivojlaniş imkoniyatini çeklaydi; narxga ötkazilsa, aholining xarid qobiliyatini pasaytiradi.

















