Özbekistonda rasmiylar tomonidan ilgari surilayotgan uglerod soliği oxir-oqibat yakuniy isteʼmolçi uçun narxlar oşişiga olib kelişi mumkin. Soliq maslahatçisi Murod Muhammadjonov Kun.uz bilan suhbatda şu haqda aytib ötdi.
“Uglerod soliği qöşimça soliq sifatida joriy qilinsa, töğridan töğri narxga taʼsir qiladi. Çunki u xuddi aksiz soliğiga öxşab, narx ustiga tuşadi. Bunda soliq miqdori: “Sen korxonadagi dastgohlaring bilan tabiatga qança ulgerod çiqarasan?” degan savol asosida hisoblab çiqariladi. Tabiiyki, bu yakuniy isteʼmolçi bölgan aholining böyniga tuşadi.
Lekin agar faqat yoqilği-energetika mahsulotlarini işlab çiqaruvçilarga nisbatan joriy etilsa, narxning bir qismiga qöşiladi va yakuniy isteʼmolçiga taʼsiri çeklangan böladi.
Şuning uçun ehtiyotkorona yondaşgan bölardim. Faqat yoqilği-energetika mahsulotlarini işlab çiqaruvçilarga nisbatan tatbiq etiş maqsadga muvofiq bölişi mumkin. Çunki yoqilği mahsulotlaridan xomaşyo sifatida foydalanuvçi korxonalarga ham joriy etilsa, töğridan töğri har bir mahsulot narxiga taʼsir qiladi”, - deydi soliq maslahatçisi.
“Asosiy maqsad - byudjetga tuşum bölmasligi kerak”
Iqtisodçi Otabek Bakirovning fikriça, uglerod soliğidan asosiy maqsad byudjetga qöşimça tuşum emas, balki atrof-muhitni ifloslantirayotgan korxonalarni ekologik talablarga moslaşişga undaş bölişi lozim.
“Uglerod soliğini joriy qilişdan maqsad kimyo sanoati, issiqlik stansiyalari, neft va gaz mahsulotlarini qayta işlovçilarni texnologik özgarişlarga, ekologik standartlarga yaqinlaşişga undaş bölişi kerak, deb öylayman. Qöşimça byudjetga daromad tuşiriş emas”, - dedi u.
Iqtisodçining taʼkidlaşiça, soliqni joriy qilişdan oldin korxonalarning atrof-muhitga taʼsirini qanday ölçaş va baholaş masalasiga javob berilişi kerak.
“Uglerod soliğini joriy qiliş uçun adolatli maʼmurçilik yoki baholaş tizimimiz mavjudmi? Misol uçun, Angrendagi kömir yoqadigan issiqlik elektr stansiyalarini uglerod soliğiga tortişimizning ölçovi qanday? Muborakda, Şörtanda, Ğuzorda joylaşgan neft va gazni qayta işlaş kompaniyalarining tabiatni ifloslantirayotgani böyiça ölçovlar qanday?
Mana şu ölçovlarimiz bormi? Baholaş vositalarimiz mavjudmi? Yetarli va adolatli böladimi? Bu masala ham köndalang qöyilişi kerak”, - dedi Bakirov.
U uglerod soliğining öziga qarşi emasligini, biroq uni joriy etiş asoslari va oqibatlari oldindan örganilişi lozimligini qayd etdi.

















