Janubiy Koreya taşqi işlar vaziri Yun Byon Sening bayonot berişiça, mamlakat hukumati Afğoniston iqtisodiyotini tiklaş va ijtimoiy dasturlarga 120 mln dollar miqdorida yordam körsatadi, deb xabar qilmoqda «Yonxap» agentligi.

«Koreya Respublikasi hukumati 4 yillik reja işlab çiqqan bölib, unga muvofiq har yili 30 mln dollardan ajratiladi», — degan taşqi işlar vaziri.

Qayd etilişiça, bu mablağ Afğonistonga taqdim etilayotgan yillik yordamning 0,78 foizini taşkil etadi. 

Bryusselda Afğonistonni tiklaş masalalariga bağişlangan xalqaro konferensiya bölib ötgan. Unda 75 mamlakat va 25 gumanitar taşkilot vakillari iştirok etgan. Ular, uşbu mamlakatga körsatilayotgan moliyaviy kömak miqdorini 2020 yilgaça hozirgi hajmda saqlab qolişga kelişilgan.