«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, Madaniy meros agentligi direktori örinbosari Azizjon Aripjonov boşçiligidagi delegatsiya Afğonistonning Balx, Taxor, Sari-Pul va Faryob viloyatlarida böldi.

Taşrif davomida vakillar buyuk özbek allomalari va mutafakkirlari bilan boğliq ziyoratgohlar, maqbaralar hamda tarixiy-madaniy yodgorliklarni közdan keçirib, ularning holati haqida maʼlumot töpladi.

Jumladan, delegatsiya Mazori Şarifdagi Ravzai muborak maqbarasi, Taxor viloyatining Işkamiş uyezdidagi Bobo Rahim Maşrab ziyoratgohi, Sari-Pul şahridagi tarixiy ğişt köprik, Xişt pul va Eidgoh masjidlari bilan tanişdi.

Şuningdek, Imomzoda Yahyo maqbarasi, Faryob viloyatining Andxoy uyezdidagi Bobo Vali Jon madrasa majmuasi, Alişer Navoiy xayriya yöli bilan qurdirgan Bobo Vali hovuzi hamda Mirsaid Baraka meʼmoriy obidasi örganildi.

Afğonistonning madaniyat sohasi vakillari bilan uçraşuvlarda Özbekistonda tarixiy obidalarni qayta tiklaş böyiça katta tajriba va malakali mutaxassislar borligi taʼkidlandi. Yodgorliklarni kelajak avlodlarga asl holida yetkazişga qaratilgan qöşma loyihalarni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Muloqotlarda özbek va afğon xalqlarini asrlar davomida tarixiy, madaniy va diniy riştalar boğlab kelgani, Afğonistondagi boy madaniy merosni şakllantirişda özbek xalqining ham hissasi borligi qayd etildi.

Töplangan maʼlumotlarni tahlil qiliş asosida tarixiy obidalarni asraş va qayta tiklaş böyiça özaro anglaşuv memorandumini imzolaş rejalaştirilgan.