Forumga oid press-relizga köra, tadbir 2026-yil 27–28-oktabr kunlari Yevropa taşqi aloqalar xizmati boş qarorgohida ikki mintaqaning yetakçi tahlil markazlari rahbarlari iştirokida ötkazilgan.

Forumda sözga çiqqan Özbekiston Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) direktori Eldor Aripov Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik mintaqaning investitsiya va texnologiyalarni jalb etiş, yangi bozorlarga çiqiş hamda transport yönalişlarini diversifikatsiya qiliş imkoniyatlarini kengaytirişi lozimligini taʼkidladi.

«Biz uçun Yevropa Ittifoqi bilan şeriklik - boşqa şeriklar bilan hamkorlik qiliş erkinligini saqlagan holda iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, bozorlarni diversifikatsiya qiliş va yangi texnologiyalarni jalb etiş imkoniyatidir», - dedi u.

Aripov inson kapitali, kasbiy taʼlim va raqamli könikmalarni rivojlantiriş, şuningdek, qonuniy mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratdi.

Hamkorlikning istiqbolli yönalişlari qatorida öta muhim minerallarni qayta işlaş va yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlaşni qamrab oluvçi qöşma işlab çiqariş zanjirlarini yaratiş qayd etildi. Transkaspiy xalqaro transport yönalişida taşuvlar samaradorligini oşiriş hamda suv va iqlim bilan boğliq xatarlarga çidamlilikni kuçaytiriş masalalari ham kötarildi.

Şuningdek, xavfsizlik çoralarini iqtisodiy rivojlaniş va taʼlim taşabbuslari bilan uyğunlaştiriş orqali Afğonistonda barqarorlikni taʼminlaşga kömaklaşiş haqida söz bordi.

SMTI direktori erişilgan kelişuvlarni amaliy natijalarga aylantiriş zarurligini taʼkidladi.

«Bugun belgilangan siyosiy yönalişlarni aniq loyihalar va amaliy natijalarga aylantiriş muhim. Şerikligimiz samaradorligi aynan şu mezon asosida baholanişi lozim», - dedi Eldor Aripov.

Forum SMTI, YeIning Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili ofisi hamda YEI Xavfsizlik tadqiqotlari instituti tomonidan taşkil etildi. U 2025-yil aprelida Samarqandda ötgan birinçi «Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi» sammitining amaliy davomi böldi. Öşa sammit yakunlariga köra, ikki mintaqa munosabatlari strategik şeriklik darajasiga kötarilgan edi.

Forum iştirokçilari ekspertlar muloqotini davom ettiriş va uşbu platformani muntazam hamkorlik formati sifatida rivojlantirişdan manfaatdor ekanini bildirdi.