Eron islom inqilobi qöriqçilari korpusi tarkibiga kiruvçi "Quddus" maxsus bölinmasi qömondoni, general Qosim Sulaymoniy Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi hokimiyatni qölga oliş uçun öz otasini öldirişi mumkinligini aytdi. Bu haqda The Independent naşri xabar bermoqda.
Sulaymoniy Suriyadagi janglarda halok bölgan eronlik generallardan birining motam marosimidagi nutqida suriyalik yuqori lavozimdagi amaldorlarning Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi Muhammad ibn Salmon bilan uçraşgani haqida gapirib bergan.
Sulaymoniyning aytişiça, tomonlar muloqotida rossiyalik harbiylar ham iştirok etgan. Saudiyalik şahzoda suriyaliklarga agar ular Eron bilan aloqani uzsalar, uruş yakunlanişiga va'da bergan.
Generalning fikriça, saudiyalik şahzoda toqatsizligi bilan ajralib turadi va Saudiya Arabistonida hokimiyatni qölga oliş uçun otasini ham öldirişga tayyor.
Eron va Saudiya Arabistoni örtasidagi munosabatlar 2016 yil boşida şia imomi Nimr al-Nimrning Saudiya Arabistoni tomonidan qatl etilişidan keyin keskin yomonlaşgan.












