Polşaning janubi-ğarbidagi  Lyubomej şahri burgomistri Veslav Julkovskiyning jurnalistlarga xabar qilişiça, hamburglik oila xaritadagi xazinani topiş uçun bu yerga taşrif buyurgan. Taxmin qilingan qidiruv joyi xaritada körsatilgan bölib, u 64 yil avval qölda çizilgan.  

Xorijliklar mahalliy xonadondan kurak sörab murojaat qilişgan. 

"Noma'lum kimsalar yerni kovlaşni boşlaganida, bizning qöşnilar darhol şovqin kötarib, politsiyani çaqirişdi. Hudud tezda qurşab olindi", deya Julkovskiyning sözlarini keltirgan TJournal.  

Germaniyaliklarning aytişiça, ularning bobosi Lyubomejda yaşagan va bu yerga xazina kömib ketgan. Biroq işni davom ettiriş uçun ular ruxsat olişni kutişlariga töğri keldi.

Kovlaş işlari politsiya nazorati ostida ötkazildi. Çet elliklar 1935 yilning kumuş tamakidoni, tilla soat, uzuk, tumor va tangalar berkitilgan ikki bankani topişga muvaffaq bölişdi.  

Topilgan xazina şahar hokimiyati seyfiga solib qöyildi. Ularni ekspertlar tekşirib bölgaç, şahar muzeyga qöyiladi. Sababi, Polşa qonunlariga muvofiq, mamlakat hududida topilgan barça xazinalar mamlakat ğaznasiga tegişlidir.