Şanba kuni Polşaning Krakov şahri tarixiy qismida odamlarni öqqa tutgan şaxs şifoxonada vafot etdi. Bu haqda 9-noyabr tongida mahalliy politsiya xabar berdi.

Hujum uyuştirgan şaxs politsiyaçilar bilan otişma vaqtida oğir jarohat olgandi. U qölga olinib, oğir ahvolda şifoxonaga yetkazilgandi.

TVN24 naşri aniqlik kiritişiça, u duşanbaga ötar keçasi, mahalliy vaqt bilan soat 4:30 da öziga kelmay jon bergan.

OAVda u Polşa fuqarosi, 24 yoşli Mixal O. sifatida keltirilgan. 7-noyabr kuni u şahar markazida avtomobilda harakatlanib, köçadagi ötkinçilarni öqqa tutgandi. Hujum oqibatida 6 kişi halok bölib, 16 kişi yaralangan. Uni taʼqib etib, zararsizlantirgan ikki politsiyaçi ham jarohatlanganlar orasida. Şifoxonadagilarning bir neçasining ahvoli oğirligiça qolmoqda.

Qurbonlar va yaralanganlar orasida beş mamlakat fuqarolari bor: Buyuk Britaniya, Avstriya, Germaniya, Rossiya va Portugaliya.

Jinoyat motivlari aniq emas. Polşa içki işlar vaziri Marçin Kervinskiy gumondor «öta radikal» va «ultramillatçi» qaraşlarga ega bölganini aytgan. Mamlakat boş vaziri Donald Tusk hodisani terakt deb atagan.

Keyinroq Mixalning Krakovdan 200 kilometr masofada joylaşgan Ostrovets-Sventokşiski şaharçasidagi uyidan uç kişining jasadi topildi. Ular Mixalning ota-onasi va singlisi ekani aniqlangan. Ularga ham öqotar quroldan jarohat yetkazilgan.