7-noyabr kuni polşalik 24 yoşli Mixal Oksinskiy ota-onasi va singlisini otib taşlagaç, Krakov markaziga keldi va şahar maydonidagi ötkinçilarni ham öqqa tutdi. Hujum oqibatida olti kişi halok bölib, 15 kişi jarohat olgan. Oksinskiyning özi ham politsiyaçilar bilan otişmada yaralanib, keyinroq şifoxonada vafot etgan. Polşa hukumati hodisani terakt deb atagan, şu bilan birga, jinoyatçining motivi aniq emas: Oksinskiy özidan xat ham, zamonaviy Polşa tarixidagi eng ajalvor ommaviy qotillikni nima uçun sodir etganini izohlaşi mumkin bölgan manifest ham qoldirmagan. Quyida Krakovdagi otişma ijroçisi haqida OAV aniqlagan maʼlumotlar keltiriladi.
24 yoşli Mixal Oksinskiy – öq otiş hobbisi bölgan çilangar. U taxminan 60 ming aholiga ega bölgan va Krakovdan 200 kilometr masofada joylaşgan Ostrovets-Sventokşiskiy şahrida yaşagan. Oksinskiy texnikumni tamomlagan va Ostrovetsdagi olovga çidamli materiallar zavodida çilangar bölib işlagan. Onasi sotuvçilik qilgan, otasi elektr işlari bilan şuğullangan, singlisi Krakov sanʼat akademiyasida öqigan. Oksinskiy muqaddam sudlanmagan va armiyada xizmat qilmagan.
Uning özida ham, otasida ham qurol işlatişga ruxsatnomasi bölgan. Oksinskiy 2022-yildan buyon öq otiş klubi aʼzosi hisoblangan, 2026-yil boşidan uşbu klub aʼzosi sifatida ikkita qurol – vintovka va töpponçaga egalik huquqini qölga kiritgan. Uning otasi esa yana töqqizta qurolga egalik qilgan. Krakovdagi hujumdan keyin Oksinskiyning yonidan ikkita töpponça, AR-15 rusumli ikkita vintovka hamda uşbu qurollar uçun möljallangan 500 ga yaqin patron topildi. U juda köpçilikni öldirişga tayyorlanib kelgandi – bunda özinikidan taşqari otasining qurollaridan ham foydalanmoqçi bölgan.
Oksinskiy hujumdan oldin öz oila aʼzolari hamda uydagi jonivorlarni öldirgan. Oila yaşagan kvartiradan uning 53 yoşli otasi Yanuş, 52 yoşli onasi Renata va 21 yoşli singlisi Magdalenaning jasadlari topilgan. Ota va singil uxlayotgan joyida, ona – oşxonada öldirilgan; ularning barçasi tungi kiyimda bölgan. U har bir qurbonning boşiga ikkitadan öq uzgan. Şuningdek, Oksinskiy uydagi ikki muşukni ham otib taşlagan. U qöşnilar eşitmasligi uçun ovoz pasaytirgiçdan foydalangan bölişi mumkin. Şundan keyin Oksinskiy otasining maşinasini olgan va Krakovga yöl olgan. Nega aynan şu şaharga kelgani nomaʼlum.
Jinoyatçining motivi böyiça asosiy versiyalardan biri – ultraöng ekstremizm. 10-noyabr kuni Polşa adliya vaziri Valdemar Jurek Oksinskiy Anders Breyvik haqidagi saytlarga kirib turgani, uyida Gadsden bayroği osiğliq turgani, iş joyida ham ultraöng ekstremizmga moyilligini körsatuvçi simvolika topilgani haqida maʼlum qildi. Jurekning fikriça, bular motiv böyiça Polşa içki işlar vazirligi tomonidan ilgari surilgan farazni qöllab-quvvatlamoqda, biroq u hali töliq isbotlanmagan.













